Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, mutasaddi viloyat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimizning 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimizning mazkur qarori har bir deputat, rahbar, partiya xodimi oldiga aniq va muhim vazifalar qo‘ydi, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Faxriddin Abdusattorov. – Hududlarda tadbirkorlik subyektlari uchrayotgan muammolarni tizimli va tahliliy o‘rganish, ularni hal etish borasida yondashuvlar turlicha. Qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganiga qaramay, 2016-yilda tashkil etilgan 1 ming 215 tadbirkorlik subyektining 719 tasi ayrim muammolar sabab o‘z faoliyatini tugatgan. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – biznes muhitini yanada yaxshilash, tugatilgan subyektlar faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashishdan iborat. Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga tegishli tuzatishlar kiritish, rahbar va mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish ustuvor vazifalar sirasidandir.

Tadbirda partiya faollari tomonidan joylarda aniqlangan qator kamchiliklar, ko‘tarilgan muammolar yechimi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik rivojining muhim omili