Mamlakatimizda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi “Davlatga tegishli obyektlarni va aktivlarni xususiy mulk qilib sotishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim hujjatlardan biridir.

Ta’kidlash kerakki, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida qabul qilingan.

Ushbu hujjatga binoan investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan «nol» xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida sotiladigan davlat mulki obyektlari, xususiylashtiriladigan ko‘chmas davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari va xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan, vakolatli organlar va tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga ko‘ra buzib tashlanadigan davlat mulki obyektlari ro‘yxatlari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har bir hududning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat mulki obyektlarini buzib tashlash natijasida bo‘shaydigan yer uchastkalaridan, jumladan, ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga tanlov asosida berish yo‘li bilan ushbu maydonlardan samarali foydalanilishini ta’minlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik