Jizzax shahridagi tadbirkorlikka ko‘maklashish markazida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi hamda viloyatda yengil sanoatni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi. Prezidentimiz rahnamoligida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor soha rivojida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Viloyatda 2017-2019-yillarda 202 million 985 ming dollarlik 21 yirik yengil sanoat loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu 5 ming 700 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bunda asosiy e’tibor paxtani qayta ishlash orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratiladi. Gazlama, mato, gazlamani bo‘yash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan korxonalar barpo etish sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Tadbirda sohaga bank kreditlari ajratish, korxonalarni zamonaviy texnologiyaga asoslangan tikuv va to‘quv dastgohlari bilan jihozlashga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

– Korxonamiz yengil sanoat korxonalariga xorijdan uskuna va dastgohlar keltirish hamda furnitura va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi “Gulshana texstil invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh menejeri J.Qo‘ldoshev. – Keyingi yillarda ushbu sohada viloyatimizda katta tajriba to‘plandi. Bugungi tadbir sohadagi yangiliklar, qonunchiligimizdagi tadbirkorlikka doir o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish, o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi.

Seminarda soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax shahrida tadbirkorlar uchun seminar-trening o‘tkazildi