Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejini bitiruvchi qizlarning 45 nafariga “Savdogarbank” viloyat filiali tomonidan zamonaviy tikuv dastgohlari topshirildi.

Mamlakatimizda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Navoiy viloyatida ham bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili viloyatda 12 ming 953 nafar yosh mutaxassis kasb-hunar kollejini bitirdi. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan 1 ming 362 yosh mutaxassisga qariyb 15 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

– Kasb-hunar kollejini bitirayotgan yoshlarga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Bobomurodov. – Yosh tadbirkorlar turli yo‘nalishlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, oilasi farovonligiga hissa qo‘shmoqda, tengdoshlarini ish bilan ta’minlamoqda.

Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 970 dan ortiq o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida ta’lim maskanini 300 dan ziyod yosh mutaxassis bitiradi.

– Tijorat banki tomonidan tikuv dastgohi berilganidan juda xursandmiz, – deydi kollej bitiruvchisi Feruza Alimova. – Mustaqil ravishda tikuvchilik bilan shug‘ullanib, tayyor trikotaj mahsulotlari tayyorlashni rejalashtirganman. Eng muhimi, imtiyozli kredit shartlari biz, yoshlarga ma’qul bo‘lmoqda.

Joriy yilda viloyatdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyati va biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 24 milliard 500 million so‘mga yaqin imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishi belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollejni bitiruvchi qizlarga zamonaviy tikuv dastgohlari topshirildi