Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida “kafshsizlikdin malul (g‘amgin) bo‘lmag‘il, ayog‘sizlarga boqib shukr qil”, deydi. Oradan qariyb to‘rt yarim asr o‘tib, “Shum bola”da Qoravoy Hoji bobodan bu so‘zlarni andak o‘zgargan shaklda eshitadi: “Iya, yalangoyoq ekansan-ku, hay, mayli, yugurik oyoqqa kavush topilib qolar”.

Har ikki hikmatda o‘z davrining og‘ir iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy muammolari mujassam. Chin-da: xalqimiz mulk yo kapital ma’lum guruhlar qo‘lida to‘plangan feodalizmu kapitalizmni, boringki, ishlaganu ishlamaganni teng tishlatmoqchi bo‘lgan sotsializmni ham boshdan kechirdi. Biroq barcha «izm»da oddiy xalqning kosasi oqarmadi, biri ikki bo‘lmadi. Chunki u davrlarda davlat boshqaruvi, muhit, sharoit shunday edi. Oddiy xalqqa faqat «och qorin» bilan «tinch quloq» kifoya sanalardi. Biroq qorni och odam tinch bo‘larmidi? Axir inson bu hayotga bir marta keladi va u baxtli yashashni istaydi.

Mustaqillik xalqimizning ongu tafakkurini o‘zgartirgani, qadriyatlaru qarashlar yangilangani aynan shu jihatda namoyon bo‘ladi: istiqlol mamlakatimizdagi har bir insonga baxtli bo‘lib, hayotdan rozi yashash uchun teng imkoniyat berdi, ammo nasiba-barakat harakatga yarasha bo‘lmoqda. Bu – bani bashar shu paytgacha hayot tajribasidan o‘tkazgan asl adolatning oltin qoidasi, qat’iy xulosasi.

Hayotiy islohotlarning izchil davomi

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo‘lishini kafolatlash, o‘z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman, degan insonni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi. Natijada bugun tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56,5 foizga yetdi. Ish bilan band aholining 78 foizi aynan shu tarmoqda mehnat qilib, o‘z ro‘zg‘orini tebratmoqda, el-yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g‘oyalarini izchil davom ettirish yo‘lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo‘ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etish yo‘lini, avvalo, o‘zi va oilasi uchun yanada barqaror va to‘kin hayotga erishishning mustahkam zamini sifatida teran angladi. Ertangi kuni bugundan-da ziyoda bo‘lishiga ishondi va shu ulug‘ maqsad yo‘lida yanada jipslashdi, birlashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bunda yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Farmonga ko‘ra 2017-yil 1-yanvaridan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari, shuningdek, ularni jinoyat ishlari doirasida muqobil tekshirishlarning barcha turi bekor qilindi. Ilgari bir tadbirkor ish boshlasa, huda-behuda uning faoliyatiga aralashib, bo‘ldi-bo‘lmadi tekshiruvi bilan oyog‘iga osiladigandan ko‘pi bo‘lmasdi. O‘zi, mahsulot ishlab chiqarish, unga bozor topish, yangi ish o‘rni yaratish – bari katta mashaqqat, buyoqda tadbirkorga yordam berish o‘rniga uning ishiga xalal qilish, albatta, rivojlanish yo‘lidagi to‘siq edi.

Endi hech kim bunday qilolmaydi: Prezidentimiz farmoniga ko‘ra nazorat qiluvchi organlardan tadbirkorlik subyektlarida rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish huquqi olib qo‘yilishi, sodda aytganda, uchaman degan qushning ixtiyorini o‘ziga qo‘yib berdi. Bunda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ta’minlash maqsadida faqat jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazishning cheklangan imkoniyati saqlab qolindi. Bunday tekshirish ham faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladi, tekshirish muddati bir ish kuni bilan cheklandi.

Farmonning yana bir muhim jihati – tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llash taqiqlanganida. Birinchi marta huquqbuzarlikni sodir etgan va o‘z aybini yuvgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini salbiy oqibatlarsiz davom ettirish imkoni berilishi ularning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirishda muhim omildir.

Oliy Majlis huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik subyektlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchilik me’yorlariga to‘liq rioya etilishi yuzasidan ijro intizomini takomillashtirishda mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

Izlagan imkon topadi

Bugun mamlakatimiz kichik biznes korxonalari oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari, qurilish materiallari, kiyim-kechaklar, elektrotexnika vositalari kabi keng turdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 8-avgustdagi qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ularga tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishda yaqindan ko‘maklashmoqda.

– 2016-yilda 3,3 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdik, natijada 2,9 milliard AQSh dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi, – deydi jamg‘arma ijrochi direktori Jahongir Mustafoyev. – Ular doirasida 470 tadbirkor qariyb 1,4 milliard dollarlik eksportni amalga oshirdi. Bu 2015-yilga nisbatan 33 foizga ko‘p. O‘tgan yilda jamg‘arma ko‘magida 242 tadbirkor Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etdi. Natijada 425 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolanib, 62 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Yana bir misol: jamg‘arma 2016-yili Moskvada o‘tkazilgan “Tekstillegprom” xalqaro yengil sanoat va to‘qimachilik ko‘rgazmasida qariyb yuz tadbirkorga mahsulotlarini bepul namoyish qilish uchun 500 kvadrat metr hududda milliy pavilyon tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tadbirkorlari 243 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi. O‘tgan yili o‘tkazilgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida mazkur jamg‘arma ko‘magida mamlakatimiz tadbirkorlari va fermerlari 700 million dollarlik eksport shartnomalari tuzdi. Jamg‘arma o‘tgan yili mamlakatimizdagi har bir tuman ixtisoslashuvidan kelib chiqib, jami 79 agrofirmani ta’sis etdi. Ular qariyb 692,5 million dollarlik eksport shartnomalari tuzdi, 42 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

Samarqand viloyatidagi «Agro Liniya Samarkand» agrofirmasi asosan Bulung‘ur tumanidagi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi. 2016-yilda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mazkur agrofirmaga, olti oyda qaytarish sharti bilan, foizsiz 300 million so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

– Bu moliyaviy yordam hisobidan Rossiyaga soyaki mayiz eksport qildik, – deydi agrofirma direktori Shuhrat Toshmurodov. – Jamg‘arma mahsulotimizga xorijdan xaridor topib bermoqda. 2017-yilning birinchi choragida Rossiyaga 250 tonna qovoq yetkazib beramiz. Birlashgan Arab Amirliklariga mosh va mayiz eksporti bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirganmiz. Fevral oyida Janubiy Koreyadan hamkorlar kelmoqda, ular bilan mosh, kunjut, mayiz eksporti bo‘yicha shartnoma tuzamiz.

Zangiotalik tadbirkor Hamidillo Yo‘lchiyev 2016-yili «Eshonguzar agrofirma» MChJni tashkil etadi, biroq uni to‘liq quvvat bilan ishlatishga mablag‘ topolmaydi.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi jonimizga oro kirdi: bir yilga foizsiz 300 million so‘m moliyaviy yordam oldik, – deydi H.Yo‘lchiyev. – Yana ularning ko‘magida Hindistonga 23 tonna mosh eksport qildik. Shu kunda 30 tonna olma, 100 tonna qizil sabzi eksportga tayyor. Endi agrofirmamiz to‘la quvvat bilan faoliyat yuritishi uchun mustahkam asos bor.

Bunday misollar ko‘p. Va bularning barida bir haqiqat mujassam – yaxshi yashash uchun harakat qilgan odam imkon topadi, barakaga ham erishadi. O‘z oilasi, el-yurti farovonligiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganning tadbiri taqdirga mos kelaveradi.

Marhamat, kredit oling

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida davlat banklari «Bundan keyin o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirishi shart»ligini ta’kidlab, bu borada aniq vazifa qo‘ydi: «Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak».

Ko‘p o‘tmay mamlakatimiz tijorat banklarida bu vazifani amalga oshirishga jiddiy kirishildi: aholi xonadonlarida o‘tkazilayotgan muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berilmoqda, qisqa muddatda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda. Bunda aholiga chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, issiqxonalar qurish, maishiy xizmat kabi yigirmadan ziyod yo‘nalishda tadbirkorlik qilish uchun kreditlar taklif etilmoqda.

“Mikrokreditbank” ATBdan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda bankning “Oddiy aholini tadbirkorga aylantirish” loyihasi 698 mingdan ziyod xonadonni qamrab oladi. Maxsus jadval asosida joylarda aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Ayni kungacha mamlakatimiz bo‘ylab 10 mingdan ziyod xonadonda suhbatlar o‘tkazilgan. Bunda aholi ko‘proq bog‘dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona qurish, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Deylik, mazkur loyiha doirasida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Yangi yil bayrami arafasida yakkabog‘lik Akbarali Nurmanovga 14 million, Bekzod Yaxshiyevga 11 million so‘m kredit ajratilgan. Bu bilan ikki oila ro‘zg‘origa baraka kirdi, ularning yashashga, ishlashga ishtiyoqi ortdi. Chunki kredit – odamni yanada ko‘proq mehnat qilib, qarzni o‘z vaqtida uzishga undaydi. Bu tadbirkor bo‘lishda ayni muddao.

«Qishloq qurilish bank»dan ma’lum qilishlaricha, 7-yanvar holatiga, bank xodimlari 32,6 mingdan ziyod xonadonda bo‘lib, aholi bilan suhbatlar o‘tkazgan. Shundan qariyb 3 ming fuqaro o‘z biznesini boshlash istagini bildirgan. Ulardan 155 nafariga 1,5 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratilgan. Natijada qisqa vaqtda chorvachilik, parrandachilik, issiqxona faoliyati, hunarmandlik kabi sohalarda yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Gulasal Yo‘ldosheva 2016-yili Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Agrobiznes va servis kasb-hunar kollejini bitirdi. Biroq kollej diplomi bilan qayerda ishlashni bilmay o‘ylanib turgan qizning orzulariga «Qishloq qurilish bank»ning yangi loyihasi keng yo‘l ochib berdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Banklar endi xalqimizni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga yetaklashi lozim», degan gaplarini tinglab, kredit olgani qaysi bankka borsam ekan, deb o‘ylanib turganimda, ularning o‘zi uyimizga kelib, kredit olishim mumkinligini aytdi, – deydi Gulasal. – To‘g‘risi, bu oilamiz uchun Yangi yil bayramiga katta sovg‘a bo‘ldi: bir hafta nari-berisida 3-yil muddatga 7 million so‘m kredit ajratishdi. Bu pulga kichikroq ikki novvos, buzog‘i bor sog‘in sigir sotib oldik. Endi oilamiz bilan mol-holga yaxshi qarab, ularni ko‘paytirib, kreditni o‘z vaqtida to‘lasak, tadbirkorlik faoliyatimizni yanada kengaytirish uchun kattaroq miqdorda kredit olishimiz mumkin.

Ha, odamlarning tadbirkor bo‘lishga intilishiga amaliy yordam berilsa, bunyodkorlik yanada keng quloch yozadi. Eng muhimi, bu bilan minglab oilalarga baraka kiradi, yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni mamlakatimiz prokuratura sohasining bir guruh xodimlari bilan uchrashuvda bu hayotiy haqiqatni barchamizga yana bir bor eslatib, «Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‘ladi», deb ta’kidladi. «Tadbirkor bola-chaqasidan qiyib, to‘plagan mol-mulki, pulini yangi ish ochishga sarflaydi. Bankdan kredit olsa, uni foizi bilan o‘zi to‘laydi. Shunga qaramasdan tavakkal qilib, huzur-halovatdan kechib, bor imkoniyatini, mablag‘ini xavf-xatarga qo‘yib, o‘z ishi uchun kecha-kunduz jonini berib ishlaydi. Shu yo‘l bilan nafaqat o‘zini, oilasini, balki el-yurtini ham boqadi. Shu ma’noda tadbirkor – bu haqiqiy fidoyi inson. Men bunday odamlarni, loaqal ikkita ish o‘rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko‘tarishga tayyorman», dedi.

Aslida ham yo‘qdan bor qilayotgan, birni o‘nga aylantirayotgan odam – bunyodkor odam. Uning aniq hayotiy maqsadi, yo‘li va manzili bor, umr mazmuni haqida o‘z fikri bor, shundan zavq va halovat topadigan orzu-umidlari bor. Zotan, o‘z qarashlari va mezonlariga ega, yo‘li oydin, manzili yorug‘ xalq karvonini hech qanday kuch chalg‘itolmaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi