Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.01.2018 10:00 Chop etish versiyasi

Tadbirkor 3,40 gektar maydondagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona kabi baliqlarni parvarishlanmoqda

Tadbirkor 3,40 gektar maydondagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona kabi baliqlarni parvarishlanmoqda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «Po‘latjon zotli baliqlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2017-yilda faoliyat boshlagan.

Xo‘jalikning 3,40 gektar yeridagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona baliqlari parvarishlanmoqda.

2.JPG

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida tadbirkorlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgani bizni yanada ruhlantirdi, - deydi «Po‘latjon zotli baliqlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Po‘latjon Ochilov. – Bizga bildirilgan ishonchga munosib javob bo‘lishimiz shart. Ana shunday qat’iyat bilan yangi yilda yuksak marralar uchun bugundan harakatni boshladik. Xo‘jalikda yana 7 ta hovuz tashkil qilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, yetishtirilgan baliqlarni saqlash uchun maxsus muzlatkich barpo etishni rejalashtirganmiz.

Alisher Isroilov, O‘zA
1 673