Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.08.2017 21:14 Chop etish versiyasi

Szin Litsyun: Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor

Bosh qarorgohi Pekinda joylashgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bundan ikki yil avvl tashkil qilingan. Turli mamlakatlarda transport, energetika, uy-joy qurilishi va boshqa sohalardagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ixtisoslashgan bank prezidenti O‘zbekistonga tashrifi xususida quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etaman. Mamlakatingizda bir necha marotoba bo‘lganman. Mazkur bank prezidenti sifatida birinchi marta keldim. Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholaymiz. Mamlakatingizning har tomonlama rivojlanishi, taraqqiy etgan davlatlar safiga kirishida Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat muhim omil bo‘lmoqda.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida o‘zining yordamini ayamaydi. Mamlakatingizda yangi investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda har bir jihatga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki qadamlarni qo‘ydik. Ba’zi loyiha ishlari takomillashtirilmoqda. Toshkent metropolitenining yer osti va yer usti qismlarida qurilish ishlari olib borilmoqda. Biz mazkur yirik loyihani moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayapmiz.

Bugungi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Bu meni hayratga soldi. Chunki bu juda muhim ahamiyatga ega masala. Hamkorligimizni izchil rivojlantirishda buning ahamiyati katta.

O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamli hamkorlik qilishga tayyormiz.

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA
961






Все о погоде - Pogoda.uz