Namangan viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan bir necha istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat aholisiga ichimlik suvi umumiy uzunligi 4 ming 884 kilometrdan ziyod tarmoq, 500 ga yaqin suv olish va 39 suv uzatish inshooti orqali yetkazib beriladi. Tumanlar markazida aholi ichimlik suvi bilan kichik quvvatli inshootlar, olis qishloqlarda esa alohida tik quduqlar vositasida ta’minlanadi.

Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlash o‘ziga xos murakkab bosqichlar orqali amalga oshiriladi. Buni viloyat markazining o‘ziga xos relyef sharoitiga ko‘ra suvni Jiydakapa va Qizil rovot suv olish inshootlaridan Kurashxona, Paxtaliko‘l, Oromgoh, Mingchinor, Mustaqillik, G‘irvonsoy, Ququmboy, Nurobod, Rovuston, To‘quvchi kabi suv uzatish inshootlari tarmog‘i orqali ko‘tarib iste’molchilarga yetkazib berilishi misolida ham ko‘rish mumkin.

– Viloyatda ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini yanada yaxshilash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib, istiqbolli dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda, – deydi Namangan viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish unitar korxonasi direktori Muhammadayubxo‘ja Apaqov. – 2015-2016-yillarda Namangan shahri va barcha tumanlarda Investitsiya dasturiga asosan umumiy qiymati 32 milliard 700 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2 yangi suv tarqatish inshooti qurildi, 2 tasi rekonstruksiya qilindi. 140 kilometrdan ziyod suv tarmog‘i tortildi. Bu loyihalar asosida 500 mingga yaqin aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ichimlik suvi ta’minoti tizimini tubdan yaxshilashga xizmat qilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan viloyatda 2017-2021-yillarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda yangi tarmoq va inshootlar qurish xamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha 27 milliard 800 million so‘mlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2017-2021-yillarda Namangan shahrining ichimlik va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish loyihasiga jami 160 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi. Jumladan, mazkur yo‘nalishdagi loyihalarga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 140 million dollarlik sarmoyasini jalb etish rejalashtirilgan. Loyiha asosida Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi 3 suv olish va 10 suv uzatish inshooti rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi. 37 kilometr uzunlikda “Uchqo‘rg‘on – Namangan” magistral tarmog‘ining ikkinchi navbati qurilib, 65 kilometrdan ziyod magistral va ko‘cha tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Qurilishi to‘xtab qolgan 19 kilometr uzunlikdagi “Janubiy”, 5 kilometrlik “Uychi – Namangan” kollektorlari qurilishi nihoyasiga yetkaziladi.

“Rovot” suv olish inshooti va “Rovot – To‘raqo‘rg‘on” magistral tarmog‘ida 2017-2018-yillarda ikki bosqichda 24 kilometr magistral quvurlarni almashtirish, “Rovot” suv olish inshootini to‘liq qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi. Umumiy qiymati qariyb 27 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 10 kilometrdan ziyod uzunlikda zaxira elektr tarmog‘i tortiladi, 17 tik quduq rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy nasos bilan jihozlanadi, 3 nimstansiya o‘rnatiladi. Loyiha amalga oshirilgach, 156 mingdan ziyod aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Kunlik suv iste’moli kishi boshiga 50 litrdan 110-150 litrga yetadi.

Ayni paytda “Zarkent, Xodikent, Iskovot, Buloqboshi, Bo‘ston, Yoshlik qishloqlari ichimlik suv ta’minotini yaxshilash”, “Chust, Pop, Chortoq, Namangan va Uchqo‘rg‘on tumanlari ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihalarini hayotga joriy etish va bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholini sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaldagi ifodasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minotida yangi loyihalar