Mamlakatimizda yengil sanoatni izchil rivojlantirish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda yengil sanoatni izchil rivojlantirish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida 2017-2019-yillarda 10 dan ortiq zamonaviy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonasi barpo etiladi. Buning uchun 205 million dollardan ziyod mablag‘ sarflanadi.

Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish, paxta tolasi va ipak xomashyosini chuqur qayta ishlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish yo‘li bilan tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ushbu loyihalar viloyatda yetishtirilayotgan xomashyoni shu yerning o‘zida qayta ishlash uchun keng imkoniyat yaratadi. Bojxona, soliq to‘lovlarida imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani tarmoq rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Surxondaryo – sifatli paxta tolasi va ipak xomashyosi yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Ayni paytda viloyatda yetishtirilayotgan ipak xomashyosi mahalliy sharoitda to‘liq qayta ishlanmoqda. Biroq paxta tolasini qayta ishlash atigi 10 foizni tashkil etadi. Tarmoqni yangi bosqichda rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dastur hududda yetishtirilayotgan paxta tolasini qayta ishlash quvvatini joriy yilda 13,1, 2018-yilda 36 foizga yetkazish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, zamonaviy dastgohlar o‘rnatiladigan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari paxta xomashyosini sifatli qayta ishlab, viloyatning eksport salohiyatini yuksaltiradi. Xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Jarqo‘rg‘on tumanida ip-kalava va bo‘z mato ishlab chiqaradigan "Surxonteks" qo‘shma korxonasida amalga oshiriladigan modernizatsiya ishlari korxonaning yillik quvvatini 9 ming tonna eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarishga kengaytiradi. 25 million dollar mablag‘ sarflanayotgan yangi loyiha asosida 200 xotin-qiz ish bilan ta’minlanadi. Tumanda 11 million dollar mablag‘ evaziga qad rostlayotgan yana bir to‘qimachilik kombinati "Nortex style" xorijiy korxonasida yiliga 2 ming 500 tonna ip-kalava tayyorlanadi, 120 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallanayotgan “Mo‘min tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sho‘rchi tumanidagi to‘qimachilik korxonasi 3 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. 300 yangi ish o‘rni yaratiladigan korxona qurilishiga 6,4 million dollar mablag‘ sarflanmoqda. Qiziriq tumanidagi “Qiziriq tekstil invest”, Termiz tumanidagi "Janub tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va Denov tumanidagi "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasining to‘qimachilik korxonalarida ham jahon bozorida raqobatbardosh ip-kalava tayyorlash o‘zlashtiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda yiliga o‘rtacha 97 ming tonna paxta tolasi yetishtiriladi. Paxtani shunchaki xomashyo sifatida sotishdan ko‘ra, undan raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiyotimizga bir necha barobar ko‘p daromad keltiradi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga imtiyoz va preferensiyalar berilayotgani bunday mahsulotlar tayyorlash hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytga qadar viloyatdagi sanoqli korxonada paxta tolasidan ip-kalava, bo‘z tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bo‘yalgan ip-kalava, trikotaj mato va tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotir.

Sherobod tumanidagi "Sherobod tekstil invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 15 ming tonna ip-kalava, 5 ming tonna bo‘yalgan ip-kalava, 4 ming tonna trikotaj mato, 2 million 500 ming dona sifatli tikuvchilik mahsuloti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Sariosiyo tumanidagi "Surxon sifat tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati ham ip-kalava ishlab chiqaradigan va unga sifatli buyoq beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Termiz shahridagi "Amudaryo Teks" O‘zbekiston – Angliya qo‘shma korxonasiga bo‘yalgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatiladi. "Surxondaryo qurilish montaj" mas’uliyati cheklangan jamiyatining viloyat markazida amalga oshirayotgan loyihasi trikotaj mato, bo‘yalgan mato va 1 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Viloyatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ini izchil rivojlantirish, eksport salohiyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi yirik loyihalar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilgach, yetishtirilgan paxta tolasi to‘liq qayta ishlanib, 3 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda paxta tolasi to‘liq qayta ishlanadi