Prezidentimiz joriy yil 10-11-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Termiz tumanidagi “Termiz agro fish eksport” agrofirmasining baliq yetishtirish va qayta ishlash loyihasi bilan tanishgan va viloyatda mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar bergan edi.

Surxondaryo viloyati baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun qulay tabiiy iqlim va yetarli suv zaxirasiga ega. Viloyatda xalqimizning sifatli va servitamin baliq mahsulotlariga ehtiyojini to‘liq ta’minlash, ichki bozordan ortgan qismini xorijga eksport qilish uchun tarmoqni yanada kengaytirish chora-tadbilari belgilab olingan. Jumladan, 2017-2019yillarda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturi ishlab chiqilgan.

Baliqchilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullarini qo‘llash, baliq chavoqlari ishlab chiqarish va tabiiy suv havzalari, sun’iy ko‘llardan samarali foydalanish, sohaning ozuqa bazasini mustahkamlash hamda tarmoq uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning  2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

21.jpg

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009-yil viloyatdagi 55 baliqchilik xo‘jaligida 200 tonnadan ortiq parhezbop mahsulot yetishtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 223 xo‘jalikda 2 ming 518 tonna baliq ovlandi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturda baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, baliq chavoqlarini takror ko‘paytirish va zamonaviy ozuqa bazasini yaratish hamda qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirish belgilab olingan. Shunga muvofiq, bu yil “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 36 baliqchilik xo‘jaligiga 6 milliard 300 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi.

– Bu mablag‘ evaziga baliq yetishtirish uchun hovuzlar barpo etilib, yangi texnologiya asosida suv havzalariga qafas o‘rnatilmoqda, baliq ozuqasi ishlab chiqaradigan korxona qurilayotir, – deydi “Surxondaryobaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari F.Sattorov. – Dasturga muvofiq, bu yil “Karp havzasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati Janubiy Surxon suv omborida 3 gektar, “Surxon” fermer xo‘jaligi Uchqizil suv omborida 1,5 gektar, “Jarqo‘rg‘on baliqchiligi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi Oqtepa suv omborida 2 gektarlik reproduktor xo‘jaliklar tashkil etilmoqda. Denov tumanida 560 million so‘m kredit mablag‘i jalb etilib, baliqchilik xo‘jaliklari uchun yuqori oqsilli to‘yimli ozuqa-em ishlab chiqaradigan zamonaviy korxona qad rostlamoqda.

“Termiz agro fish eksport” agrofirmasining baliq yetishtirish va qayta ishlash loyihasi ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yangi hayot mahallasi hududidan suv havzalari qurish uchun 45 gektar yer maydoni ajratilib, uning dastlabki bosqichiga 2,5 milliard so‘m kredit mablag‘i yo‘naltirildi. 12 gektar maydonda tayyor bo‘lgan ko‘llarning bir qismida baliq parvarishlanmoqda.

8.jpg

Loyiha bo‘yicha 2018 yil oxiriga qadar afrika laqqasi va karp baliqlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 9,9 milliard so‘m bank krediti o‘zlashtiriladi. U to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Yiliga 500 tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega texnologiya o‘rnatilib, muzlatgich barpo etiladi. Ozuqa-em ishlab chiqaradigan zamonaviy korxona qad rostlaydi.

Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi chog‘ida loyihamiz bilan tanishib, baliqchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi, – deydi “Termiz agro fish eksport”agrofirmasi rahbari N.Norhamidov. – Ushbu tavsiyalarga muvofiq, ayni paytda zamonaviy xorij texnologiyasi asosida baliq parvarishlash va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Xo‘jaligimizda dastlabki yillarda 500 tonna, to‘la quvvat bilan ish boshlagach, yiliga 2 ming tonna baliq mahsuloti yetishtiriladi. Buning uchun barcha sharoit mavjud. “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi baliqchilik xo‘jaliklarining 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda lichinka, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliqchilik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlari bo‘yicha yagona soliq to‘lashdan ozod etilgani ham biz uchun katta imtiyoz bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryo viloyatida joriy yilda 3 ming tonnaga yaqin baliq yetishtirish rejalashtirilgan