Milliy matbuot markazida «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi S.Nasriddinov va boshqalar mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi doirasida sohaga oid ko‘plab qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgani, sug‘urta bozori ishtirokchilariga keng sharoitlar yaratib berilgani aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Mazkur tashkilot sug‘urta bozorining faol ishtirokchilaridan hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniyaning 192 mintaqaviy bo‘linmasi mavjud. Ularning faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Xususan, 14 xil majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha polislarni onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.

– Kompaniyamiz iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sishga erishmoqda, – deydi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari R.Narzullayev. – 2016-yil 600 mingdan ziyod shartnoma imzolanib, 75,3 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari jamlandi. O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha so‘nggi o‘n yilda kompaniyamizning ulushi qariyb ikki barobarga oshdi.

Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi majburiy sug‘urta turlaridan iborat bo‘lishiga qaramay, 2016-yilda ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha ham o‘sish ta’minlangan. Misol uchun, o‘tgan yil ixtiyoriy tibbiy sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha sug‘urta qoplamalari 1,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha ko‘rsatkichlar 220 foiz, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash esa 147,4 foizga o‘sgan.

Sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga xalqaro andozalar keng joriy etilmoqda. Xususan, barcha filiallar ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta polislari onlayn savdoda