O‘zA O`zbek

01.06.2020 Chop etish versiyasi

Sugʻurta kompaniyalari pul toʻlaydimi?

Sugʻurta kompaniyalari pul toʻlaydimi?

Sir emaski, ayrim aholi va tadbirkorlarimiz oʻrtasida sugʻurta xizmatlariga ishonchsizlik kayfiyati bor. Ularni koʻp hollarda “Sugʻurta kompaniyasiga ishonish mumkinmi?”, “Sugʻurta qachon toʻlanadi?” degan savollar qiynaydi.

Aslida sugʻurta kompaniyalari aholi va tadbirkorlar boshiga kulfat tushganda ularga ham moddiy, ham maʼnaviy yordamchi sifatida har doim koʻmakka tayyor. Bunga Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatida sodir boʻlgan tabiiy ofat hamda Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan texnogen ofat sabab zarar koʻrgan, mol-mulkini sugʻurta qildirgan aholi va tadbirkorlar ishonch hosil qildi.

“SQB Insurance” savdo belgisi bilan sifatli sugʻurta xizmatlarini taklif qilib kelayotgan sugʻurta kompaniyasi bunga yaqqol misol. Jumladan, sugʻurta kompaniyasi oʻz mijozlari oldidagi javobgarlikni toʻliq his qilgan holda ularga yetkazilgan zararlarni tezkorlik bilan toʻliq qoplab bermoqda.

Joriy yil 27-29-aprel kunlari Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hududiga kirib kelgan kuchli shamol va yomgʻir natijasida, bundan tashqari, Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan texnogen ofat oqibatida aholi turar joylari, tadbirkorlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli bino-inshootlar, issiqxonalar va ekin maydonlariga katta zarar yetgan. Shu munosabat bilan kompaniya xodimlari tomonidan mazkur holatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni zudlik bilan oʻrganish va yetkazilgan zararni aniqlash uchun ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Mazkur ishchi guruhlar tomonidan murojaatchilarning sugʻurta daʼvo ishi zudlik bilan bartaraf etilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatidagi 7 ta sugʻurta qildiruvchiga 114,3 million soʻm va Sirdaryo viloyatidagi 2 ta sugʻurta qildiruvchiga 119,8 million soʻm sugʻurta qoplamasi toʻlab berildi.

Shu kunlarda ham boshqa zarar koʻrgan sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta qoplamalarini toʻlab berish bilan bogʻliq ishlar davom ettirilmoqda.

“SQB Insurance”ning birinchi navbatdagi asosiy maqsadi sugʻurta himoyasiga olingan oʻz mijozlariga tezkorlik bilan amaliy yordam berish hisoblanadi.

“SQB Insurance” shu oʻrinda barcha aholi va tadbirkorlarimizga doimiy ravishda sugʻurta himoyasida boʻlishni va bizning sugʻurta xizmatlarimizdan foydalanishni tavsiya etadi.

Maʼlumot uchun. “SQB Insurance” savdo belgisi ostida xizmat koʻrsatuvchi “PSB Insurance” sugʻurta kompaniyasi 2018-yil 28-noyabrda davlat roʻyxatidan oʻtgan.

Telegram: https://t.me/psbinsurance

Facebook: https://www.facebook.com/SQB.Insurance/

Telefon: 998 (71) 202 5 505

“PSB Insurance” SK axborot xizmati.

Reklama huquqi asosida.

12 164
OʻzA