Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlarni tuzish va taqdim etishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, soliq qonunchiligidagi yangilik va o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning rolini tubdan oshirish, ularni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlar manfaatini ishonchli va samarali himoya qilish, soliq yukini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar tadbirkorlar uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratmoqda, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Eshmatov. – Bugungi tadbirda ham Prezidentimizning sohaga doir yangi farmon va qarorlari mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirildi. “Tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari”, “Soliq hisobi va hisobotlarini elektron shaklda tuzish hamda topshirish masalalari”, “2017-yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirish borasidagi ayrim muammolar yechimi bo‘yicha keng ma’lumot berildi.

Seminarda soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq to‘lovchilar uchun amaliy seminar