O‘zA O`zbek

14.08.2018 18:27 Chop etish versiyasi

Soliq solinadigan baza summalari kamaytirilishi joriy etildi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytirilishi joriy etildi:

100 million so‘mgacha – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2020-yilning 1-yanvariga qadar zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari (bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda);

12 million so‘mgacha – har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar (har yili) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi obyektlarini saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari.

Shuningdek, 100 million so‘mgacha imtiyozga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasini olishi lozim.

2020-yil 1-fevralgacha Markazning xulosasi olinmagan taqdirda, soliq to‘lovchining ushbu obyektning tegishli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirishga bo‘lgan imtiyoz bekor qilinadi.

O‘zA
2 353