O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning amalda to‘liq ro‘yobga chiqishi borasida mamlakatimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning tizimlarida bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida ish olib borilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida soliq idoralariga 6 ming 192 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, uning 6 mingdan ortig‘i davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan. 190 tasida keltirilgan masalalar davlat soliq xizmati organlari vakolatiga kirmasligi sababli tegishliligi bo‘yicha boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Qayd etish lozimki, murojaatlarning qariyb 36 foizi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda kelib tushgan. Ular ham tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan.

Murojaatlarni tezkor qabul qilish va zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi, davlat soliq boshqarmalari hamda har bir davlat soliq inspeksiyalarida joriy etilgan «ishonch telefonlari»ning uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim orqali sakkiz yuzga yaqin murojaat tushgan. Ularning aksariyatini savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda to‘lovlarni plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminal apparatlari ishlatilmayotganligi bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan.

Toshkent shahrida yashovchi Muborak Madrahimova Olmazor tumanida joylashgan “Muslima Fayz baraka” savdo majmuasidan santexnika mahsulotlari sotib olmoqchi bo‘lganida unga do‘kon xodimi plastik kartochka orqali savdo qilmasligini bildirgan. Fuqaro bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Uning murojaati bozorda faoliyat olib boruvchi soliq inspektorlari ko‘magida joyida hal etilib, M.Madrahimovaga zarur mahsulotlar haqi terminal orqali qabul qilingan.

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga “Nargiza” xususiy korxonasiga qarashli xususiy do‘konda xaridorlarga amalga oshirgan savdosi uchun xarid cheki berilmayotgani bayon qilingan. Mazkur holat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida do‘kon sotuvchisi noqonuniy ravishda 100 AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutada savdo qilganligi, savdodan tushgan naqd pullar nazorat kassa mashinasidan o‘tkazilmaganligi, bundan tashqari hech qanday hujjatsiz 700 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha xususiy korxonaga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.

Ayrim hollarda aholi yon-atrofda bo‘layotgan noqonuniy holatlar yuzasidan ham soliq idoralarini xabardor etmoqda. Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga Jondor tumandagi Po‘latli qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashirin ravishda dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur murojaat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘z uyida aholiga noqonuniy dori-darmonlar sotayotgan fuqaro aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy dorixonadan 168 turdagi dori-darmon mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Qayd etilganlardan tashqari, soliq to‘lovchilarning soliq solish masalalariga oid eng ko‘p uchraydigan savollariga javoblar taqdim etish orqali ularning davlat soliq xizmati organlariga bevosita murojaatlarini qisqartirish, murojaat etuvchilarning vaqtini tejash hamda soliq solish qonunchiligi borasidagi huquqiy madaniyatini yanada oshirishga yordam berish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «Ko‘p uchraydigan savollar» elektron davlat xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda ushbu xizmatga 3 mingdan ortiq savol va javoblar joylashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq idoralarida murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi