O‘zA O`zbek

25.09.2018 Chop etish versiyasi

Sifatli asal el dasturxoniga

Sifatli asal el dasturxoniga

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yashovchi Shavkat Barotov 33 yildan buyon asalarichilik bilan shugʻullanadi.

8.JPG

– Oila tushunchasi hasharotlarda ham borligini asalarichilikka qiziqa boshlaganimdan bilaman, – deydi Shavkat aka. – Inson kabi asalari ham oilasiz yashay olmaydi. Oilasini saqlab qolish uchun tinimsiz mehnat qiladi. Har yili yoʻl chetlariga, bogʻlar atrofiga turli gul va isiriq oʻsimligini ekaman. Asalari oʻsimlik va daraxtlarni changlantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Agar ular boʻlmasa, tabiat butkul oʻzgarib ketishi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Shu bois har bir xonadonda kamida ikki qutidan asalari boqishni tavsiya qilman. Agar shu tartibni yoʻlga qoʻyishsa, nafaqat tabiatni asragan, balki farzandlari salomatigini ham saqlagan boʻlardi.

Shavkat aka mavsumda bitta asalari uyasidan 30-40 kilogrammgacha asal oladi. Yanada koʻproq foyda koʻrish niyatida “Pavloniya asali” fermer xoʻjaligi tashkil etgan. Tadbirkor 10 gektar yerga shirasi va qurgʻoqchilikka chidamliligi bilan ajralib turuvchi 1000 tupdan ortiq Pavloniya daraxtini ekishni rejalashtirgan. Bu daraxt asalarichilar uchun ogʻir boʻlgan mart, aprel oylarida gulga kiradi. Ayni paytda 100 uya asalarining har biridan 30-40 kilogramm asal olayotgan boʻlsa, Pavloniya daraxtlari oʻsganidan soʻng har qutidan 70-80 kilogramm asal mahsulotini olishga erishiladi.

3 328
Jamshid Yorbekov (surat), OʻzA