Andijonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Uz Tong Xong Ko” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida 16 turdagi sport anjomlari ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodni jismonan sog‘lom kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu o‘z-o‘zidan sport anjomlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni oshirmoqda. Mazkur yo‘nalishda, ya’ni sport muassasalarini zarur anjomlar bilan ta’minlashda “Uz Tong Xong Ko” qo‘shma korxonasining ham munosib ulushi bor.

– Korxonamiz asosan avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi korxona rahbari Avazbek Jalilov. – Ayni paytda xalq iste’moli mollari, xususan, sport tovarlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Darhaqiqat, bu yerda xorijiy texnologiyalar asosida sifatli futbol, basketbol, voleybol va tennis to‘plari, tennis, stol tennisi va badminton raketkalari, akrobatika va gimnastika mashqlari bajariladigan maxsus jihozlar hamda turli kedalar ishlab chiqarilmoqda.

– Ushbu qo‘shma korxonada tayyorlanayotgan futbol to‘plari juda sifatli, xorijnikidan aslo qolishmaydi, – deydi Andijon viloyatidagi futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internat murabbiyi Farhodbek G‘afurov. –Xalqaro talablarga to‘la javob beradigan sifatli to‘plar o‘zimizda ishlab chiqarilayotganidan beixtiyor faxrlanasan kishi.

Mahsulotlar buyurtma asosida mamlakatimizdagi turli sport muassasalari, umumta’lim va sport maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda respublika Badminton federatsiyasiga yetkazib berilmoqda.

– Joriy yilning o‘tgan davrida 600 million so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarildi, – deydi korxonaning xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Ravshanbek Karimov. – Ularning aksariyatini sport anjomlari tashkil etadi. Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor sport tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojni ham oshirib yubormoqda. Xususan, yaqinda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga 18 ming dona futbol to‘pi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Korxonaning xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘limida 50 nafardan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Asosan yoshlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridan iborat ishchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Men Andijon kichik va o‘rta biznes kasb-hunar kollejida avtomatlashgan tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish ixtisosligi bo‘yicha tahsil olganman, – deydi to‘p ishlab chiqarish uchastkasi ishchisi Dilmurod Abdullayev. – Ishlab chiqarish amaliyotini shu yerda o‘tadim va o‘qishni tamomlagach, korxonaga ishga qabul qilindim. Hozir to‘p ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha texnik jarayonlarni puxta o‘zlashtirmoqdaman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli, arzon va xaridorgir