O‘zA O`zbek

23.03.2020 Chop etish versiyasi

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!


Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan oʻz nomimdan Sizni va Siz orqali Oʻzbekiston hukumati va xalqini Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Keyingi yillarda Xitoy-Oʻzbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy rivojlanish tendensiyasi saqlanib turibdi. Siyosiy oʻzaro ishonch muttasil mustahkamlanmoqda, “Bir makon, bir yoʻl“ ni birgalikda amalga oshirishda salmoqli natijalarga erishildi, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda faol va samarali hamkorlik qilmoqda. Bularning barchasi Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini yana-da rivojlantirishda keng istiqbollar ochmoqda. Xitoy va Oʻzbekiston koronavirus epidemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda bir-birini qoʻllab-quvvatlab, yaqindan hamkorlik qilayotgani ikki tomonlama aloqalarda yuksak darajaga erishilganini namoyish etmoqda. Men buni yuksak qadrlayman.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida munosabatlarimizni uzluksiz mustahkamlash maqsadida Siz bilan yaqin muloqotlarni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sogʻlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman!

Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

6 634
O'zA