Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Qipchoq ovulida qishloq shifoxonasi binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligi, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Butunlay yangi qiyofa kasb etgan shifoxona binosida 2 milliard 400 million so‘mlikdan ortiq qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy asbob-uskunalar, tashxis apparatlari bilan jihozlandi. 

– Mukammal ta’mirdan so‘ng shifoxonamiz g‘oyat ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi, – deydi shifokor Gulora Abdullayeva. – Keng va yorug‘, ozoda xonalarda shifokor va bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalarda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati yanada kengaydi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxonaning yangi binosi