Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida “Asalarichilik xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yo‘llari: Andijon viloyati misolida” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati asalarichilar uyushmasi qoshidagi ishlab chiqarish-o‘quv markaziga tashrifi davomida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi belgilangan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi, viloyat asalarichilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, asalarichilik sohasi mutaxassislari, fermerlar, soliq, bank tizimi xodimlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, xususan, asalarichilikni rivojlantirish, asal yetishtirishni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sohada faoliyat olib borayotgan aholining real daromadlarini oshirish, turmush darajasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– Viloyatimizda 66 asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, 1300 ga yaqin asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor va boshqa xo‘jalik subyekti ro‘yxatga olingan, – deydi viloyat asalarichilar uyushmasi raisi Sodiqjon Mo‘minov. – Yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasida sifatli tabiiy asal yetishtirish hajmi yildan-yilga ortmoqda.

O‘tgan yili viloyatda 1 ming 505 tonna asal yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 1 ming 686 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar Paxtaobod tumanidagi “Asalchi Nozimjon” fermer xo‘jaligi faoliyati, bu yerda asalarichilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

– Xo‘jaligimizda 250 asalari qutisida 350 dan ziyod asalari oilasi parvarish qilinmoqda, – deydi “Asalchi Nozimjon” fermer xo‘jaligi rahbari Abduhoshim Bozorov. – 10 nafar ishchi mehnat qilayotgan xo‘jaligimizda asalarini belgilangan ratsion asosida parvarishlashga, tabiiy asal olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilgari bir quti asalari uyasidan 7-8 kilogramm asal olingan bo‘lsa, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hisobidan bugun har qutidan 15-16 kilogramm mahsulot olishga erishilmoqda.

Tadbirda “Asalarichilikni yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yo‘llari”, “Paxtaobod tumanida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar”, “Asalarichilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga imtiyozli bank kreditlari va soliq imtiyozlari” singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Asalarichilikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, samaradorligini oshirish, kasb-hunar kollejlarida maxsus ta’lim yo‘nalishlari ochish, xorijdan asalari oilalari keltirishga imtiyozlar joriy etish, asalari uyalarini joylashtirish uchun maxsus maydonlarni ko‘paytirish, viloyat asalarichilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifobaxsh ne’mat yetishtirish ko‘paymoqda