O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

SHHTga aʼzo davlatlar Qishloq xoʻjaligi vazirlari yigʻilishi oʻtkazildi

SHHTga aʼzo davlatlar Qishloq xoʻjaligi vazirlari yigʻilishi oʻtkazildi Bishkekda SHHTga aʼzo davlatlar Qishloq xoʻjaligi vazirlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri N.Murashev, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari S.Xodjayev, Hindiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi departamenti kotibi D.Chaturvedi, Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Strategik rejalashtirish va tahlil departamenti direktori S.Moldabayeva, Xitoy Qishloq xoʻjaligi va qishloq ishlari vazirligi Bosh agronomi Ma Aygo, Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi Hamkorlik departamenti direktori oʻrinbosari I.Gerashenkolar ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha SHHT hamkorlik dasturi loyihasi maʼqullandi. Uni 2018 yilning 11-12 oktyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi doirasida imzolashga kelishib olindi. Demak, kelgusida SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari boʻyicha hamkorlik yanada rivojlanadi.

Shuningdek, yigʻilishda 2010-yilning 11-iyunida Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida imzolangan Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish boʻyicha 2018-2019 yillarga moʻljallangan tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

3 239
OʻzA