O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Shahrisabz xalqaro biznes forumga mezbonlik qiladi

Shahrisabz xalqaro biznes forumga mezbonlik qiladi

Shahrisabz shahri joriy yilning 27-28 sentabr kunlari xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, viloyatning investitsiya salohiyatini targ‘ib qilish hamda biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazilayotgan xalqaro biznes forumga mezbonlik qiladi.

Unda Rossiya, Belorus, Polsha, Chexiya, Koreya, Xitoy, Bolgariya, Turkiya va Qozog‘iston davlatlarining ishbilarmon doiralari vakillari hamda bir qator davlatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Xalqaro biznes forum mamlakatimizda sanoatni jadal rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotda keng qo‘llash, bu borada xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va hayotga tatbiq etish ishini mustahkamlashga munosib xizmat qilishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Ikki kun davom etadigan biznes forum yakunida ko‘plab manfaatli shartnomalar imzolanib, innovatsiyalar samaradorligini kengaytirish va oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

6 728
O‘zA