Sergeli tumanidagi Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida yigirmaga yaqin korxona, tashkilot va muassasa mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Mazkur yarmarka O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Sergeli tumani hokimligi, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda tumandagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi X.Boboxonov va boshqalar mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni aholi bandligini ta’minlash borasida yangicha yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal bo‘layotir. Mazkur farmonda ishsiz aholini, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ixtisoslashtirilgan ish o‘rni yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish yo‘li bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish vazifalari belgilangan.

– Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 7 kasb-hunar kollejini joriy o‘quv yilida 2 ming 662 o‘quvchi tamomlaydi, – deydi XDP Sergeli tumani kengashi raisi Mirzohid Xidirov. – Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalarni manzilli himoyalash orqali mehnatga jalb qilishdir.

Tadbir doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Guljamol Ergasheva singari tashabbuskor va o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 9 kollej bitiruvchisiga banklardan imtiyozli kredit olish uchun sertifikat topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergelida kollej bitiruvchilari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi