Saxovatli zaminning sarxil ne’matlari
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi “Baxt harakat mevasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ho‘l meva, uzum va sabzavotlarni ichki bozordan tashqari eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi “Baxt harakat mevasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ho‘l meva, uzum va sabzavotlarni ichki bozordan tashqari eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi.—2016-yili va joriy yilning o‘tgan davrida 1,2 million dollardan ortiq qiymatdagi meva, uzum va sabzavotlarni Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qildik, - deydi korxona rahbari Baxtiyor Matyoqubov. — Ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishda plastmassa idishlarga bo‘lgan talab ortmoqda. Shuni inobatga olib, korxonamizda zamonaviy usulda sutkasiga 1500 dona plastmassa yashiklar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Kelgusida eksport hajmini yanada oshirish maqsadida “Beshariq” qishlog‘ida pomidor va bodringetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxona tashkil etish mo‘ljallanmoqda.