Nukusda 2016-yil yakunlari va 2017-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov boshqargan yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

2016-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash yuzasidan olib borilgan ishlar samarasida iqtisodiyotning barcha sohalarida izchil o‘sish ta’minlandi. Xususan, energetika, qurilish, kimyo, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida tarkibiy o‘zgarishlarga erishildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvida bildirgan fikrlari asosida aholining turmush darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Aholining salomatligini mustahkamlash va navqiron avlod tarbiyasini yanada yaxshilash maqsadida 168 mingga yaqin bolaga bepul darmondorilar tarqatilib, homilador ayollar va boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand fuqarolar uchun patronaj xizmati ko‘rsatilayotgani o‘z samarasini berayotir. Zamonaviy, arzon va ixcham turar joylar qurish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash masalasi doimiy e’tiborda.

2017-yilda Mo‘ynoq tumanida 101 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi ko‘zda tutilmoqda. 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar asosida 15 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2016-yilda 57 foizni tashkil etdi. Aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, 50 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda ayrim sohalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarhisob va rejalar