Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2017 14:20 Chop etish versiyasi

Sardoba tumanida zamonaviy savdo markazi ish boshladi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida “Shahinabonu” savdo markazi ish boshladi.

Markazning ochilish marosimida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’ektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– “Agrobank” tuman filialidan olingan 590 million so‘mlik kredit mablag‘i evaziga bo‘sh turgan binoni rekonstruksiya qildik, – deydi «Rahmon Saidov» xususiy korxonasi rahbari Yorbek Mavlonov. – Savdo rastalariga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi shartnoma asosida tumanimizdagi korxona va fermer xo‘jaliklaridan keltirilmoqda. Mahsulotlarimiz arzonligi shundan. Aholi farovonligining yanada yuksalishiga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz.

Mamlakatimizda yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan "Rahmon Saidov" xususiy korxonasi faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Korxona qoshidagi kichik sexda 4 nafar yosh mutaxassis makaron ishlab chiqarish va qadoqlash bilan mashg‘ul. Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida ish boshlagan “Shahinabonu” savdo markazida ham 6 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 478






Все о погоде - Pogoda.uz