Poytaxtimizda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlandi

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mamlakatimizning barcha tarmoqlari va yetakchi korxonalari ishtirok etmoqda. Qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat, avtomobilsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati shular jumlasidan. Ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqarayotgan yoki o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar turlari hamda istiqbolli loyihalari bilan qatnashmoqda. Barcha viloyatlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan, biroq hali talab darajasida foydalanilmayotgan iqtisodiy, moliyaviy, mehnat resurslarini va istiqbolli loyihalarni taklif etmoqda.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ochilishida ushbu tadbirlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, xorijiy kompaniyalarga ko‘plab yangiliklar taqdim etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

2007-yildan buyon har yili o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 12-noyabrdagi «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2013-yil 29-yanvardagi «Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan tashkil etiladi.

13 (1).JPG

Xalqaro sanoat yarmarkalari va kooperatsiya birjalari natijalari mamlakatimiz korxonalari va xorijiy sheriklarning sanoat kooperatsiyasi, tovarlar yetkazib berish va xarid qilish borasida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqishi yil sayin ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan o‘n yil davomida mazkur tadbirlar o‘z samarasini bergani bois mahsulotlar turi 20 mingdan oshib, ishtirokchilar 7 barobar, shartnomalar tuzilishi 11 barobar o‘sdi. 2015-yilda Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Kanada, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi 55 mamlakatdan bir ming uch yuzdan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etib, 8,3 milliard dollarlik shartnomalar imzolangan edi. Bu yil O‘zbekistondagi 2 ming 500 dan ortiq korxona, kompaniya, tashkilot va kichik biznes subyekti o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Xorijlik qatnashchilar soni esa 1 ming 300 nafardan oshdi. Unda mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya, kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat va yengil sanoat, farmatsevtika kabi sohalarga doir 24 ming turdan ortiq tayyor mahsulot, butlovchi buyum va materiallar namoyish qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davlat dasturi hamda 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– O‘tgan yili o‘tkazilgan birja doirasida 500 million so‘mlik shartnomalar imzolab, ularni o‘z vaqtida bajardik, – deydi «Standart elektro texnika» mas’uliyati cheklangan jamiyati tijorat direktori Sherzod Murtozov. – Bu yilgi tadbirda 800 million so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqdamiz. Yarmarkada o‘ttizdan ziyod turdagi elektrotexnika jihozlarini namoyish etmoqdamiz.

Ushbu Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi an’anaviy o‘tkazilishining qator afzalliklari mavjud. Barcha sanoat tarmoqlari va yetakchi korxonalar o‘z mahsulotlarini «O‘zekspomarkaz» zallariga joylashtiradi. Ortiqcha ovoragarchiliksiz hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, ya’ni bir joyning o‘zida mahalliy mahsulotlarni oldi-sotdi va yetkazib berish shartnomalarini tuzish, yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olish uchun barcha sharoit yaratilgan. Unda O‘zbekiston tadbirkorlari bilan hamkorlik qilish istagi bo‘lgan chet ellik investorlarga hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashda mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan sanoat tarmoqlarining taqdimotini o‘tkazish orqali barcha savollarga o‘sha joyning o‘zida atroflicha tushuntirishlar beriladi.

16.JPG

– O‘zbekistonda bunyodkorlik ishlari yil sayin kengayib borayotgani e’tiborga molikdir, – deydi «Licon» kompaniyasi bosh direktori Viktor Lixtner (Germaniya). – Zamonaviy uy-joylar, yirik inshootlar qurish va ularni ta’mirlashga ixtisoslashgan kompaniyamiz ko‘plab davlatlardagi turdosh korxonalar bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi yarmarkada biz O‘zbekiston sharoiti uchun mo‘ljallangan ko‘rkam va qulay ko‘p qavatli uy-joy loyihalarini taklif qilmoqdamiz.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridandir. Mamlakatimiz sanoat ishlab chiqarishi hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rsatkichlarining izchil o‘sayotgani buning yorqin tasdig‘idir. Zero, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar yurtimiz korxonalari uchun qo‘shimcha tenderlar o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.

– Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar uch yilgacha yagona soliq to‘lovi, mulk va foyda solig‘i hamda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi, – deydi «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasining axborot xizmati vakili Temur Muhammadjonov. – Bu o‘z biznesi va tadbirkorlik faoliyati orqali yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirayotganlar uchun katta imtiyozdir. So‘nggi yillarda kompaniyamiz korxonalari tomonidan 30 dan ortiq turdagi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yirik ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi, qulay geografik joylashuv, yuqori sifat korxonalarimizga xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashish va mahsulotlarimizni eksport qilish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sement, oyna, shisha buyumlar, tom yopish materiallari, marmar, granitdan tayyorlangan buyumlar, g‘isht, shifer, cherepitsa o‘ndan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda.

18.JPG

Yarmarkada “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar ellikdan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mamlakatimiz sanoat kompleksining boshqa tarmoqlari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati ham yarmarkada faol ishtirok etmoqda. Jamiyatning mahalliylashtirilgan va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlari 80 dan ortiq bo‘lib, shundan 13 turdagisi yangi o‘zlashtirilgan.

– Stendimizda joriy yilda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘zlashtirilgan va eksport qilinayotgan, istiqbolda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan mahsulotlar namoyish etilmoqda, – deydi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining marketing va xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Otajon Ilyosov. – Mazkur sanoat forumida ishtirok etish kelgusi yilgi rejalarni bajarishda va korxonamizning barqaror faoliyat yuritishida muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, shu yil o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida mahsulotlarimizni eksport qilish bo‘yicha 4 million 582 ming dollarlik shartnomalar tuzdik. Xalqaro yarmarka doirasida 150 ga yaqin shartnoma imzolash mo‘ljallanmoqda. Shundan 70 dan ortig‘i kimyoviy mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha bo‘lib, umumiy summasi 265,8 million dollarni tashkil etadi.

50.JPG

Mazkur forum doirasida mamlakatimizning yetakchi sanoat korxonalari o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi.

Ishlab chiqarish korxonalarining sektorlar bo‘yicha joylashtirilgani, pavilyonlarda e’lon qilingan ma’lumotlar tadbirlar ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan obyektlar, rasmiy vakillarni tez topish imkonini bermoqda.

X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoatchilar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishi uchun qulay imkoniyat