Xorazmda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan 600 ga yaqin yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari, mamlakatimizning turli hududlaridan korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Mamlakatimizda mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar ishlab chiqarish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2013-2016-yillarda Xorazm viloyatida gidravlik ekskavatorlar, buldozerlar, maishiy gaz balloni, yengil avtomobillar uchun muzlatgichlar, quyosh batareyalari va kollektorlari, svetodiod lampalar, sport inventarlari, charm, attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

– Bu yilgi yarmarkada ilk bor o‘z mahsulotlarimiz bilan qatnashmoqdamiz, – deydi Urganch shahridagi “Xorazm Dekor Art” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Kamola Girish. – Korxonamizda dekorativ panellar ishlab chiqariladi. Ayni paytda ushbu panellardan binolarning tashqi ko‘rinishiga sayqal berishda pardozlash vositasi sifatida keng foydalanilmoqda. Mahsulotimiz sifatiga 15-yil kafolat beramiz. U uzoq yillar davomida bino va turar joylarga ko‘rk bag‘ishlash bilan birga, xonalarni issiq va sovuqdan saqlaydi. Oftobda o‘z rangini yo‘qotmaydi. Xomashyoni asosan mahalliy korxonalardan olamiz. Yarmarka davomida ko‘plab ishlab chiqaruvchilar, savdo korxonalari hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Ikki tomonlama manfaatli shartnomalar tuzishga erishdik.

Ko‘rgazma davomida viloyatdagi tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar mahsulot xarid qilish uchun 35 milliard so‘mlikdan ortiq hamda ekcport qilish bo‘yicha 6 million 300 ming dollar miqdoridagi shartnomalar imzoladi.

Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bu borada ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat yarmarkasi: hamkorlik va samara