Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 16-noyabrda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar ish boshladi. Ular tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, dastgohsozlik, transport va logistika tarmoqlarini qamrab olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «ITE Uzbekistan» xalqaro ko‘rgazma kompaniyaci hamda boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad – mazkur tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga, mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga amaliy ko‘mak berishdan iborat. Ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Latviya, Chexiya, Fransiya, Shveytsariya, Yaponiya kabi 25 davlatdan 110 kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmalar ochilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov belgilab bergan asosiy va muhim vazifa – mamlakatimizda 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazishga erishish, sanoat, transport va logistika tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etishni kengaytirish bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yaqin besh yilda mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar ko‘paytirish maqsad qilingan.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz mineral xomashyo borasida jahon bozoridagi mavqeini izchil mustahkamlashga erishdi. Bugun O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda o‘ninchi, uni qazib olish bo‘yicha o‘n birinchi, uranning mavjud zaxiralari bo‘yicha jahondagi yetakchi o‘n davlatdan biri, uni qazib chiqarish bo‘yicha 12-o‘rinni egallab turibdi. «Tog‘-kon ishi – MiningWorld Uzbekistan» xalqaro ko‘rgazmasi nafaqat sanoat tarmog‘idagi amaliy va ilmiy imkoniyatlarni namoyish qilish uchun qulay maydon, balki sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish forumiga ham aylandi. Bu yil o‘n birinchi marta tashkil etilayotgan ko‘rgazma ishtirokchilari safidan dunyodagi yetakchi kompaniyalarning vakillari tobora keng o‘rin egallamoqda.

Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yirik kompaniyalari tog‘-kon sohasi uchun maydalash-taqsimlash, quritish, burg‘ulash, mineral xom ashyoni boyitish uchun uskunalar taqdim etmoqda.

– O‘zbekiston barqaror taraqqiy etayotgan davlatlardan biridir, har bir ishbilarmon tinch va osuda hayot hukm surayotgan, tadbirkorlik uchun keng imkoniyat va sarmoyaviy muhit yaratilgan shunday davlatda o‘z biznesini yuritishni istaydi, – deydi Xitoyning «Hebei Huanqiu Rubber Products CO., LTD» kompaniyasining savdo menejeri Nana Je (Nana Ge). – Kompaniyamiz – konveyyer tasmalari ishlab chiqarish borasida Xitoyning ko‘zga ko‘ringan korxonalari qatoridan o‘rin olgan. Biz kuniga o‘rtacha 3-5 ming metr ana shunday mahsulot tayyorlaymiz, ularni O‘zbekistonga ham eksport qilganmiz. Ko‘rgazmada mamlakatingiz tadbirkorlari bilan ushbu yo‘nalishda hamkorligimizni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqdamiz.

«MiningWorld Uzbekistan» ko‘rgazmasi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarning investitsiyaviy salohiyati – O‘zGeoinvest – 2016» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tashkil etadigan taqdimotda mamlakatimiz geologiya tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalari, yurtimizdagi konlar haqida atroflicha ma’lumot beriladi.

Tog‘-kon uskunalari ekspozitsiyasini «Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik. – Machinery Central Asia» xalqaro ko‘rgazmasi to‘ldiradi. Mazkur forumda mashinasozlik dastgohlari, uskunalari, ehtiyot qismlari, avtomatik va uzluksiz tizimlar hamda boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda. «Tyre Planet» (O‘zbekiston) kompaniyasi avtoshinalar, avtomobil disklari va moylari, «Chiron Werke», «Knuth Machine Tools» (Germaniya), «Doosan» (Janubiy Koreya) kompaniyalari metallga ishlov berish dastgohlarini, «Oxymat Slovakia» (Slovakiya) kompaniyasi azot va kislorod generatorlarini, «TBS Stankozavod» (Rossiya) kompaniyasi tokarlik uskunalarini taqdim qilmoqda.

Italiyaning «Ficep SPA» kompaniyasi metall konstruksiyalarini ko‘tarish uchun ishlab chiqarayotgan mashina asbob-uskunalari jahonning 90 davlatiga eksport qilinmoqda.

– O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sohasidagi yutuqlari bilan dunyoda nom qozongan, – deydi «Ficep SPA» kompaniyasining savdo menejeri Vadim Dmitriyev. – Bugun O‘zbekiston avtomobillari, rangli metallurgiya mahsulotlari bilan jahon bozoridan mustahkam joy olib bormoqda. Mazkur ko‘rgazmada metall mahsulotlari va konstruksiyalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan keng turdagi dastgohlarni namoyish etmoqdamiz.

Vatanimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov dunyo bozoriga yangi yo‘llar ochish, mamlakatimizni boshqa mintaqalar bilan bog‘laydigan zamonaviy transport kommunikatsiyalari barpo etishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi. Bunda asosiy e’tibor yangi temir yo‘llar qurish, mamlakatimizning yagona va yaxlit temir yo‘l tizimini barpo etishga qaratildi. Bularning samarasida bugun O‘zbekiston temir yo‘llari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro temir yo‘llar tashuvi tizimida munosib o‘rin egallamoqda. Zero, mamlakatimiz magistral temir yo‘l tarmoqlari orqali Sharq va G‘arb, Janub va Shimolni birlashtiradigan katta transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatiga ega. 

9 (1).JPG
  
Bularning bari «Transport va logistika – TransUzbekistan» xalqaro ko‘rgazmasi faoliyati jozibadorligini oshirmoqda. Chunki Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida savdo hajmining oshib borishi bilan transport va savdo infratuzilmasi, eksport-import tovarlarini saqlash, ularga ishlov berish, joylashtirish va tashishga oid ko‘plab masalalarda O‘zbekistondagi keng faoliyatli logistika markazlari juda yaxshi yechim bo‘lmoqda. Shu bois xorijlik ishbilarmonlar yuklarni yetkazib berish, omborlarga joylashtirish va saqlash bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qilishda aynan «TransUzbekistan»ni optimal makon sifatida ko‘rmoqda.

Ekspozitsiyada transport-logistika xizmatlari va yo‘lovchilarni tashish borasida nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida katta salohiyatga ega «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning stendi markaziy o‘rinni egallagan. Kompaniya bu yil dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikda joylashgan Qamchiq dovoni orqali o‘tgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini ishga tushirdi. Bu bilan Farg‘ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratildi, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini barpo etildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati stendlarida tarmoq korxonalari taklif etayotgan xizmatlar keng namoyish etilmoqda. Transport – ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish bo‘yicha MDH, Yevropa va Osiyo davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvga ega «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasining xalqaro va mahalliy temir yo‘l tashuvlari bo‘yicha taklif etayotgan xizmatlari qulayligi va samaradorligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

Ko‘rgazmaning yana bir ishtirokchisi – Shveytsariyaning «Mediterranean Shipping Company (MSC)» kompaniyasi. Boy tarixga ega «MSC» dengizda konteynerlarni tashish va konteyner logistikasida jahon yetakchilaridan biri. Kompaniya avto, temir yo‘l va dengiz transportlari bilan jahonning istalgan nuqtasiga qo‘shma logistikani amalga oshiradi. Bugun kompaniyaning 150 davlatda ofislari mavjud. O‘zbekistonda ham «MSC Tashkent» sho‘ba korxonasi faoliyat yuritmoqda. Korxona mazkur ko‘rgazmada keng qamrovli transport va logistika xizmatlarini namoyish etmoqda.

Latviyaning mazkur sohadagi kompaniyalari ham «TransUzbekistan»ning doimiy ishtirokchilaridir. Ushbu mamlakatning milliy stendida bu yil ham Boltiqbo‘yi transport tarmog‘ining yetakchilari – «Latviya temir yo‘llari» va uning sho‘ba kompaniyalarini uchratish mumkin. Latviyaning «A&A Logistic LTD», «Quinto Logistics», Riga, Ventspils erkin bandargohlari kabi yetakchi kompaniyalari yuklarga ishlov berish va logistika majmuasi bo‘yicha barcha turdagi xizmatlarni taklif etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida dunyoning 50 dan ortiq davlatlariga yuk tashish xizmatini amalga oshirayotgan AQShning mashhur «General Electric» kompaniyasining transport texnologiyalari va temir yo‘l mashinasozligidagi ilg‘or yechimlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya mutaxassislari Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi faoliyati, dizel lokomotivlarni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish borasida «GE» ekspertizasini mahalliylashtirish borasidagi tajribalari haqida so‘zlab berdi. Logistika jarayoni va temir yo‘l tizimlaridan samarali foydalanishni optimallashtirish uchun zamonaviy yechimlar taqdim etildi.

«Tog‘-kon ishi – MiningWorld Uzbekistan», «Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik. – Machinery Central Asia», «Transport va logistika – TransUzbekistan» xalqaro ko‘rgazmalari chet el kompaniyalarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilayotir. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari ham o‘z navbatida jahon sanoatidagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishib, yangi hamkorlar va o‘z mahsulotlarini sotadigan bozorlarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat, transport va logistika xizmatlari namoyishi