Nukusda Orolbo‘yi mintaqasi aholisining turmush darajasini yanada yuksaltirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.Saidova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohani mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy tayanchiga aylantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Soha faoliyatini yanada takomillashtirishning mustahkam huquqiy asosi yaratilgani hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 17-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Orolbo‘yi hududida bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Hujjatda Qoraqalpog‘iston Respublikasida uch yo‘nalish – qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati korxonalari uchun yanada qulay va raqobatbardosh ish muhiti yaratish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, yo‘l-transport xarajatlari va bojxona to‘lovlarida preferensiyalar berish bo‘yicha bir qator imtiyozlar belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar o‘z mahsuloti eksportidan kelib tushadigan valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etildi. Ilgari yirik korxonalar eksportidan oladigan valyuta tushumining 50 foizini Markaziy bankka sotgan bo‘lsa, endi valyuta tushumining to‘liq summasi korxona ixtiyorida qoldiriladi. Bu korxonada qo‘shimcha valyuta mablag‘lari shakllanishiga, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini olib borishga keng imkoniyat yaratadi.

Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 18-yanvardagi “2017-2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar ham muhokama qilindi.

Hududdagi sanoat korxonalari salohiyatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan Dasturga muvofiq qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika sohalaridagi korxonalarning soliq yuki yengillashtirilib, 2017-yildan boshlab Mo‘ynoq, Shumanay, Qanliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy tumanlarida sanoat sohasida yangidan tashkil etiladigan kichik biznes subyektlari 10-yil muddatga yagona soliq to‘lovlaridan ozod etiladi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalarining faoliyatini yanada yaxshilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat korxonalari faoliyati takomillashmoqda