Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Germaniyaning RIMC Hotels and Resorts kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu jarayonda investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq va boshqa imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Samarqandda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va bunda xorijiy kompaniyalarning ishtirokiga toʻxtaldi.

RIMC Hotels and Resorts kompaniyasi xalqaro mehmonxona tarmogʻi va boshqaruv sohasida faoliyat yuritadi. Ayni paytda kompaniyaning Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Shveysariya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda mehmonxonalari mavjud.

– Biz boshqa xalqaro mehmonxona tarmoqlari kabi barcha mehmonxonalarni bir xil emas, balki har bir hududga mos tarzda tashkil etamiz, – deydi RIMC Hotels and Resorts kompaniyasi boshqaruvchisi Gert Prantner. – Bunda oʻsha davlat va xalqning turmush tarzi, anʼanalariga, hududning tabiiy iqlim sharoitiga eʼtibor qaratamiz. Va, albatta, mehmonxona xodimlari ham mahalliy aholidan tanlab olinadi. Biz, Samarqandning dovrugʻiga mos, sayyohlar didiga har tomonlama maʼqul mehmonxona qurishni maqsad qilganmiz. Viloyat hokimligi tomonidan bizning takliflarimiz ijobiy qabul qilinganidan xursandmiz.

Uchrashuv davomida mehmonlar Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha ham oʻz takliflarini bildirdi.

Delegatsiya aʼzolari Samarqandning tarixiy obidalari va boshqa diqqatga sazovor maskanlarida boʻlib, shaharning turistik imkoniyatlari bilan tanishdi.

4.JPG

5.JPG

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda zamonaviy mehmonxona quriladi