Samarqand baliqchilik bo‘yicha Ispaniya bilan hamkorlik qiladi
Samarqand viloyati hokimligida Ispaniyaning NIKAMI PTE LTD kompaniyasi rahbari Norberto Karina bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimligida Ispaniyaning NIKAMI PTE LTD kompaniyasi rahbari Norberto Karina bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ispaniyaning dunyoga mashhur mazkur kompaniyasi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, issiqxona, baliqchilik va tomchilatib sug‘orish kabi faoliyat yo‘nalishlari bilan shug‘ullanadi. Dunyoning turli mamlakatlarida mazkur firma bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etilgan.
Uchrashuvda janob Norberto Karina kompaniya faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, Samarqand uchun taklif etilayotgan investitsion loyihalarga to‘xtaldi.
Tadbirda Samarqand viloyatida NIKAMI PTE LTD kompaniyasi bilan zamonaviy texnologiyalar asosida issiqxonalar tashkil etish, qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish hamda baliqchilik sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Samarqandga tashrif davomida ispaniyalik mehmonlar Samarqand tumanidagi “Oq Amur baliqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.