“Navoiyavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik magistral hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar bunyod etish, mavjudlarini tubdan rekonstruksiya qilish ishlari yildan-yilga kengaymoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yo‘l qurilishi sohasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Navoiy viloyati hududidagi yo‘llarning aholi hamda avtomobillar qatnovi uchun xavfsiz bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi korxona bosh muhandisi Valiqul Elmurodov. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24-maydagi “2014-yilda umumiy foydalaniladigan xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

O‘tgan yili Navoiy – Nurota yo‘nalishidagi Qizilqum halqa yo‘li rekonstruksiya qilindi. Nurota tumani hududidagi Qoraqarg‘a dovoni yo‘lida olib borilgan ta’mirlash ishlari uchun 3 milliard 355 million so‘m sarflandi. Shu yo‘lning qariyb 1,5 kilometrlik qismi chetiga beton to‘siqlar o‘rnatildi. Natijada transport vositalarining xavfsiz harakatlanish darajasi oshdi, haydovchi va yo‘lovchilarga qator qulayliklar yaratildi.

– Tumanimiz markaziga eltuvchi yo‘lning kengaytirilgani birinchi navbatda tirbandlikning oldini oldi, – deydi xatirchilik haydovchi Burhon Qodirov. – Piyoda va haydovchilarning xavfsiz harakat qilishi uchun qulaylik yaratildi. Eng asosiysi, vaqt va yonilg‘i tejalmoqda.

Viloyatda yo‘l qurilishi borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Karmana bilan Navoiy shahrini bog‘lovchi 3,4 kilometrlik avtomobil yo‘li yangidan qurildi. Ayni paytda shu yo‘l yoqasi infratuzilmasi rivojlantirilmoqda.

– Yangiariq, Arg‘un va Talqoq mahallalari hududidan o‘tuvchi yangi yo‘l keng va ravonligi, o‘zida zamonaviy yechimlarni mujassam etgani bilan e’tiborni tortadi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondining Karmana tumani bo‘limi raisi Toir Yo‘ldoshev. – Yo‘l chetida yosh oilalar uchun “Kamolot” uylari barpo etilayotgani, muhtasham to‘yxona va restoranlar, zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda savdo shoxobchalarining ishga tushirilayotgani barchaga manzur bo‘lmoqda. Hududimiz tobora chiroy ochmoqda.

Viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida 20,9 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlanib, qishloqlardagi yangi massivlarda 5,4 kilometr yo‘llar bunyod etildi.

Yo‘l belgisi va to‘siqlarini yangilash, piyodalar yo‘laklari qurishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholiga qulaylik yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ravon yo‘llar – taraqqiyot samarasi