Poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasida "EventEXPO – 2017" birinchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Unda turli tantanalar, tadbirlar, to‘y va marosimlarni o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan xususiy korxona va firmalar, kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi gulchilik, hordiq chiqarish, liboslar va moda, "Go‘zallik salonlari", nikoh va to‘y marosimlari uchun turli xizmatlar ko‘rsatish kabi bo‘limlardan tarkib topgan. Bu yerda ellikka yaqin kompaniya va firmalar, xususiy korxonalar faoliyati bilan tanishish, ishbilarmon doiralarning o‘zaro muloqot o‘rnatishi va hamkorlikni yanada kengaytirishi uchun qulay imkoniyat yaratilgan.

"Zamiraxon – Robiyaxon" oilaviy korxonasi toshlarga maxsus ishlov berish, ularni turli shakl va ko‘rinishlarga keltirish bilan shug‘ullanadi.

– Mayda toshchalar o‘simliklar ildizidagi namlikni saqlashda, akvariumlarda, gul va o‘simliklarni bezakli-dekorativ tarzda yetishtirishda g‘oyat qo‘l keladi, – deydi oilaviy korxona rahbari Yusufjon Tavbayev. – Ushbu ko‘rgazma yangidan-yangi hamkorlarni topishda, ular bilan shartnomalar imzolashda foydali bo‘lmoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi "Bog‘dorchilik markazi" firmasi hovli-xonadonlar, idora va ofislar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sanatoriyalar, mehmonxonalarga dekorativ gullar, ko‘rkam o‘simliklar va ko‘chatlar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

– Yurtdoshlarimizning talabi va estetik didi juda baland, –deydi manzarali gullar bo‘yicha dizayner-mutaxassis Surayyo Yodgorova. – Dekorativ gullar, o‘simliklarning landshaft bezagiga ehtiyoj g‘oyat yuqoridir. Ko‘rgazmada o‘z muassasa va idorasini dekorativ gullar bilan bezash istagidagi bir qator tashkilotlarga, fuqarolarga markazimiz haqida to‘laqonli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Shu yerning o‘zida gul yetishtirish uchun maxsus sopol idishlar, mineral o‘g‘it tayyorlovchi, gullar savdosi bilan shug‘ullanuvchi firmalarning jamlangani kelgusi ishimiz uchun juda qulaydir.

54.JPG

Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay imtiyoz va imkoniyatlar Qibray tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi "Soft Grass" oilaviy korxonasi muvaffaqiyatida ham asosiy omil bo‘lmoqda.

– O‘simliklar uchun kaliy, fosfor, azot kabi moddalar g‘oyat muhimdir, – deydi oilaviy korxona rahbari Botirjon Po‘latov. –Korxonamizda mineral o‘g‘itlar qadoqlanadi. Mahsulotimiz gul do‘konlari, supermarketlar orqali realizatsiya qilinadi. O‘simliklarning o‘sishi, hosildorligi, tashqi ko‘rinishi, tashqi muhitga ta’sirchanligi ko‘p jihatdan mineral o‘g‘itlarga bog‘liq.

Milliy an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor hunarmandlikning tobora gullab-yashnashi, bu borada unutilgan maktab va yo‘nalishlarning qayta tiklanishida asosiy omil bo‘lmoqda. Endilikda ko‘zni quvnatuvchi atlas va adras liboslar, ko‘rkam kamzul va kostyumlarni nainki o‘zbekistonlik opa-singillar, balki xorijlik xotin-qizlarning egnida ham uchratamiz. Shohida Sultonova shu kabi liboslarni ishlab chiqaruvchi "Milliy buyumlar" oilaviy korxonasida rahbar. Bejirim milliy liboslar, sumkachalarni tayyorlashda, kiyimlar uchun mos aksessuarlar yaratishda unga kelin va qizlari yaqin dastyor bo‘lsa, o‘g‘illari eng yaxshi matolarni yetkazib beradi. Ipak, yarim ipak, paxta tolali matolardan tikilgan bu liboslar yuvilganida ham o‘z ko‘rinishini saqlashi bilan diqqatga sazovor. Shuning uchun ham "Milliy buyumlar" ekspozitsiyasidan odam arimaydi.

– Korxonamizda kichik yoshdagi qizchalardan tortib nuroniy onaxonlar uchun ham liboslar tayyorlanadi, – deydi Sh.Sultonova. – Faoliyatimiz deyarli buyurtma asosida olib boriladi. Shu bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan ham keng hamkorlik o‘rnatganmiz. Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlardan ruhlanib, mehnat qilmoqdamiz.

"Afsun" xususiy korxonasida salomatlikka oid va kosmetik vositalar ishlab chiqariladi.

– Korxonamizda asosan mamlakatimizda o‘sadigan o‘simliklardan olinadigan organizmni tozalovchi, quvvatlantiruvchi vositalar, krem, shampun, maxsus kosmetik sovun, mikroelementlar bilan boyitilgan kukunlar, turli parfyumeriya vositalari ishlab chiqariladi, – deydi korxona menejeri Barno Tursunova. – Ular tabiiyligi, ekologik xavfsizligi bilan ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda. Bugungi ko‘rgazma yangi hamkorlar topish bilan birga, yuridik, bank-moliya, soliq qonunchiligiga oid maslahatlar olishda ham juda foydali bo‘lmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda EventEXPO – 2017 birinchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ochildi