O‘zA O`zbek

22.09.2018 Chop etish versiyasi

Quvasoyning qirmizi olmalari

Quvasoyning qirmizi olmalari Quvasoy bogʻlari shu kunlarda koʻzni quvontirib, dilga huzur bagʻishlaydigan darajada tarovat kasb etgan. Ayniqsa, gʻarq pishgan qirmizi olmalarning totli ifori yon-atrofni tutgan.

-Hududda 1 ming 350 dan ortiq bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi boʻlib, barchasida moʻl hosil yetishtirildi, - deydi Quvasoy shahar hokimining qishloq xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Pahlavon Ulugʻbekov. - Bogʻlarda asosan gilos, oʻrik, shaftoli, behi, olxoʻri, olma daraxtlari parvarishlanadi. Olmaning intensiv turiga ham keyingi yillarda katta eʼtibor berilyapti. Yongʻoqzorlarni koʻpaytirish boʻyicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Bu yil gilosni xorijga esport qilish yaxshi yoʻlga qoʻyildi.

Yangi yer qishlogʻi bogʻbonlari har bir ishni puxta bajarishadi, ekinga mehri boʻlakcha. Buni Quvasoy shahridagi “Abdulaziz bogʻi yangi yer” fermer xoʻjaligi rahbari Yusufjon Yoʻldoshev oilasi misolida ham koʻrish mumkin.

Fermer Yu.Yoʻldoshevning aytishicha, 2 gektar bogʻdan 40-45 tonnadan ortiq meva olinadi.

2.JPG

6.JPG


3 574
Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA