O‘zA O`zbek

01.09.2018 13:13 Chop etish versiyasi

Quritib, qadoqlangan meva-sabzavotlar

Quritib, qadoqlangan meva-sabzavotlar
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Ilhomjon Namuna” MCHJ qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, qadoqlash bilan shugʻullanadi.

Korxonada 10 kishi mehnat qilmoqda. Mahsulot tayyorlash quvvati kuniga 500 kilogrammdan ziyod. Fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan baqlajon, sabzi, oshqovoq, bulgʻor qalampiri, oʻrik, olma kabi meva-sabzavotlar va koʻkatlar korxonada sifatli quritilib, qadoqlangan holda bozorga chiqarilmoqda.

Ayni paytda korxona mutassaddilari mahsulotni eksportga yoʻnaltirish harakatida.

Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
2 335