Keng ko‘lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishni taqozo qilmoqda.

Keng ko‘lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Tarmoqni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 8 mingtaga yetdi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar nomenklaturasi kengayib, mahalliy bozordagi qurilish materiallarining turi va hajmi salmog‘i ortib bormoqda.

Poytaxtimizda «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan soha mutasaddi va mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu alohida qayd etildi.

Xorijdan keltirilayotgan gipskarton, quruq qurilish qorishmalari, sopol plitkalar singari materiallarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi keyingi uch yilda ushbu mahsulotlarning import hajmini 3,5 barobarga qisqartirish imkonini berdi. Hozirgi paytda shisha va bazalt plastikli armatura ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ish olib borilmoqda.

2016-yil yakunlariga ko‘ra, jamiyat tarkibiga kiruvchi 102 korxona tomonidan 2 trillion 800 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. An’anaviy eksport bozorlarida tovar va mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishiga qaramay xorijga 117 million dollarlik mahsulot yetkazib berilib, prognoz ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilgan. Eksport qilinayotgan mahsulotlar turi 2015-yildagiga nisbatan sakkiztaga ko‘payib, qirqtaga yetgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida qariyb 46 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 71 million dollardan ziyod investitsiya mablag‘lari hisobidan 22 loyiha amalga oshirilgan. Investitsiyalarning qariyb 40 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ekani xorijiy sarmoyadorlarning sohaga bo‘lgan qiziqishi ortayotganidan dalolat beradi.

«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida glazurli keramik qoplamali plitkalar, Jizzax viloyatida issiqlikni saqlovchi materiallar, Samarqand viloyatida katta o‘lchamli keramik qoplamali plitkalar, Toshkent shahrida zamonaviy santexnika mahsulotlari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga xizmat qilmoqda.

– Ichki bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli qurilish materiallari bilan boyitish oldimizdagi ustuvor vazifa hisoblanadi, – deydi «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Jo‘rabek Ahmedov. – Shundan kelib chiqqan holda joriy yilda bu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirmoqdamiz. Xususan, Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 11 turdagi qurilish materiali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

2017-2021-yillarda mamlakatimizning turli hududlarida umumiy qiymati 7 trillion 400 milliard so‘mlik 2 ming 500 ga yaqin loyihani amalga oshirish belgilangan.

Joriy yilda 3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 107 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. 968 loyihani amalga oshirish, mahsulotlar tannarxini 8 foizga kamaytirish ustida sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan. Yangi bozorlarni o‘rganish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya va Afg‘onistonda dilerlik tarmoqlari hamda vakolatxonalarini ochish mo‘ljallanmoqda.

Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish materiallari sanoati rivojlanmoqda