Jizzaxda “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbeksiton Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat adliya, soliq, statistika, bojxona boshqarmalari, tijorat banklari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi rahbarlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish va ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ushbu hujjat ijrosi dorasida amalga oshirilayotgan ishlar joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turi va hajmini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Biroq hududlarda bu borada hamon kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, Jizzax viloyatida o‘tgan yili 1 ming 550 tadbirkorlik subyekti tashkil etilgani holda, ularning 1 ming 382 tasi o‘z faoliyatini tugatgan.

Faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yoki tugatayotgan tadbirkorlik subyektlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi faoliyat olib borayotir. Tadbirda ishchi guruhi a’zolari tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashdi.

– Kichik biznes subyektlari faoliyatining tugatilishi yoki to‘xtatilishi sabablarini tahliliy o‘rganish hududlardagi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi institutlari ishlarini yangi talablar asosida qayta muvofiqlashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda, – deydi partiya viloyat kengashi raisi o‘rinbosari V.Norboyev. – Ushbu talablardan kelib chiqib, bugungi tadbirda tijorat banklari, konsalting, marketing, injiniring, lizing va sug‘urta institutlari faoliyatini rivojlantirishning ustuvor masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalar amalga oshirilishi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay biznes muhiti – farovonlik manbai