Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda 5400 tonna baliq ovlash rejalashtirilgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 155 sun’iy suv havzasi va 92 tabiiy ko‘lda karp, oq amur, sazan, do‘ngpeshona kabi baliqlar parvarishlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 155 sun’iy suv havzasi va 92 tabiiy ko‘lda karp, oq amur, sazan, do‘ngpeshona kabi baliqlar parvarishlanmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori baliqchiik rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining go‘sht, xususan, baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yili 3 ming 410 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 5400 tonna baliq ovlash rejalashtirilgan.
Nukus tumanida baliq yetishtirishga ixtisoslashgan 14 xo‘jalik faoliyat yuritmoqda. 2004-yilda ish boshlagan “Sarishungul” fermer xo‘jaligi o‘tgan yili iste’molchilarga 2,5 tonna baliq yetkazib berdi.
– Besh gektarlik ko‘limizda asosan sazan va oq amur balig‘i yetishtirilmoqda, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Po‘lat Jumaniyozov. – Bu yil uch tonna baliq ovlashni rejalashtirganmiz, hozirgacha ikki tonnadan ortiq baliqni bozorga chiqardik. Ko‘lni baliq chavoqlari bilan to‘ldirish, ularni belgilangan ratsion asosida oziqlantirish, kasalliklarga qarshi kurashish katta tajriba va malaka talab qiladi. Bunda bizga mutaxassislar maslahati qo‘l kelmoqda.