O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Qorakoʻldagi eksportchi korxona

Qorakoʻldagi eksportchi korxona

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Real-Teks Qorakoʻl” korxonasi tumandagi ip kalavani qayta ishlab, xorijga eksport qilishga ixtisoslashgan yirik quvvatlardan.

Korxona pandemiya davrida barcha ehtiyot choralarini koʻrgan holda toʻla quvvat bilan faoliyat yuritmoqda. 400 ga yaqin kishi doimiy ish bilan band.

– Oʻtgan 2019-yili korxonamiz qiymati 3,5 million AQSH dollaridan ziyod mahsulotni xorijga eksport qilgan edi, - deydi korxona rahbari Zoyir Roʻziqulov. – Joriy yilning dastlabki olti oyida esa 3 million 721 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulot jahon bozoriga yetkazib berildi. Yil oxirigacha bu koʻrsatkichni 5,5 million AQSH dollariga yetkazish moʻljallangan.

Korxonada xodimlarning kelib-ketishi uchun karantin talablariga javob beruvchi transport tashkil qilingan. Ishchilar oʻz vaqtida issiq ovqat va maxsus kiyim-kechak bilan taʼminlanadi. Korxona rahbariyati tomonidan ishchilarning niqob va qoʻlqoplari belgilangan muddatlarda almashtirilishi va korxona sexlaridagi tartibli dezinfeksiya ishlari muntazam nazoratga olingan.

photo_2020-07-23_16-17-38.jpg

photo_2020-07-23_16-17-25.jpg

14 996
Tohir ISTATOV olgan suratlar, OʻzA