O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari har oyda o‘n kun hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni, O‘zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi qonuni ijrosini o‘rganib, aholini oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish borasidagi ishlarni tanqidiy-tahliliy muhokama qilmoqda.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda quyi palataning Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mazkur qonunning joylardagi ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlari muhokama etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mutasaddi vazirliklar, qo‘mitalar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish va turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandlikni rivojlantirish uchun 2012-yilda 91,3 milliard so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 367,2 milliard so‘mdan oshdi.

– Mamlakatimizda oilaviy korxonalar soni 8 mingdan ziyodni tashkil etayotgan bir paytda hududlardagi yuridik maqomga ega oilaviy tadbirkorlik subyektlari sonida keskin tafovut mavjud, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sohibjon Ismoilov. – Misol uchun, Toshkent shahrida 1 ming 127, Farg‘ona viloyatida 1 ming 102 va Toshkent viloyatida 909 oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Ammo Sirdaryo (9 ta) va Namangan (37 ta) viloyatlarida oilaviy korxonalarni ko‘paytirish va rivojlantirishga deyarli e’tibor qaratilmayapti, ayniqsa, hamon noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar borligi taassuflidir. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti yetarlicha olib borilmagani, ayrim odamlarning sohaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yaxshi bilmasligi, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining boshqa tadbirkorlik subyektlaridan farqi, berilgan imtiyozlar hamda qulayliklar haqida tushunchaning pastligi ham bularga sabab bo‘lmoqda.

Tadbirda mamlakatimiz hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning mavjud holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish ishini jadallashtirish, ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer, mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joy ajratish borasida qator takliflar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun ijrosi talab darajasidami?