Qo‘qon shahridagi “Indorama Qo‘qon tekstil” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasida to‘rtinchi bosqich – umumiy qiymati 51 million dollar miqdoridagi loyiha amalga oshirilib, yangi yigiruv tarmog‘i ish boshladi. Bu mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoniyatini kengaytirdi.

Prezidentimiz rahnamoligida paxta tolasini qayta ishlashning barqaror o‘sishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyatida ham bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar yuksak samaralar bermoqda.

Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud sanoat korxonalarining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotgani texnologik jarayonlarni yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, mahalliy bozorni import o‘rnini bosadigan mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘layotir. O‘tgan yili “Xumo to‘qimachi”, “Buluttekstil”, “Beshariq to‘qimachi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Bunday ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshiriladi.

13.JPG

Keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotida yengil sanoat tarmog‘i ham mustahkam o‘rin egallamoqda. Bu hududlarda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini berayotir.

“Indorama Qo‘qon tekstil” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasida mahalliy toladan xalqaro standartlarga mos, sifatli kalava ip ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda mahsulot Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Argentina, Braziliya, Turkiya, Bangladesh kabi mamlakatlarga eksport qilinayotir.

Mazkur qo‘shma korxonada Shveytsariyaning “Luva”, “Riyeter”, Yaponiyaning “Toyota”, “Muratta” kompaniyalarining yuqori unumli, avtomatlashtirilgan to‘quv dastgohlari yordamida mahsulot tayyorlanmoqda. O‘tgan yili 28 ming 976 tonna kalava ip ishlab chiqarildi.

Korxonaning ilg‘or texnologiyalar asosida qayta ishlanayotgan yuqori sifatli mahsulotlariga xaridor bo‘layotgan mamlakatlar safi yil sayin kengaymoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 100 foiz eksport qilinmoqda.

– Bugungi kunda korxonamizda 1 ming 200 ishchi mehnat qilmoqda, – deydi qo‘shma korxona ijrochi direktori Ravshan Tojiyev. – Ish uch smenada tashkil etilgan bo‘lib, ishchi-xodimlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Jahon standartlari asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizga xorijda talab katta. Joriy yilning o‘tgan davrida 8 ming tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqardik. Korxonamiz yorlig‘i bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jahon bozorida mustahkam o‘rin egallamoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma korxonada yangi yigiruv tarmog‘i ishga tushdi