O‘ndan ziyod kollej bitiruvchisi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlari Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga ham buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “So‘g‘diyona agroindustriya” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan muzqaymoqlar yuqori sifati va xushta’mligi bilan iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida Qiziltepa tumanida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqda. Masalan, tumanda sanoat mahsulotlarining 59,5, kapital qo‘yilmalarning 60, qurilish ishlarining 85, chakana savdo aylanmasining 92, xizmat ko‘rsatish sohasining 99 foizi ana shu sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni paytda tumanda 865 kichik biznes va tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Yil boshidan buyon tadbirkorlik subyektlari tomonidan 120 yangi ish o‘rni yaratildi.

– Mamlakatimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda, – deydi "So‘g‘diyona agroindustriya” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi Alisher Nasriyev. – Korxonamiz joriy yil boshida tijorat bankining 200 ming dollarlik kredit mablag‘i evaziga ish boshladi. Xorijdan muzqaymoq ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy liniya keltirib o‘rnatildi. Ushbu liniya sutkasiga 4,5-5 tonna sutni qayta ishlab, 15 turdagi muzqaymoq tayyorlash quvvatiga ega. Sifatli muzqaymoq tayyorlash uchun sutni fermer xo‘jaliklaridan olamiz. 10 dan ziyod kollej bitiruvchisi mehnat qilayotgan korxonamiz mahsulotlari Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga ham buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Korxona jamoasi muzqaymoq idishlarini ham shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu mahsulot tannarxini yanada arzonlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, yangi turdagi mahsulot – tort-muzqaymoq ishlab chiqarish loyihasi ustida izlanmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltepa tumanidagi korxonada 15 turdagi muzqaymoq ishlab chiqarilmoqda