Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 16:48 Chop etish versiyasi

Qishloqda yangi korxona

Qishloqda yangi korxona Eng ulug‘, eng aziz ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Mirzabuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida dori vositalari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Marjon global” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Korxonada 6 turda dorivor o‘simliklar kukuni va 11 turda ekstrakti, 6 turda biologik faol qo‘shimchalar kapsulasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Dorivor o‘simliklar hududning o‘zida yetishtiriladi.

—Qishloqda foydalanilmay turgan binoni rekonstruksiya qilib, xorijdan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatdik, - deydi korxona rahbari Akbar Qo‘shoqov. — Mustaqillik bayrami arafasida dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sexini ishga tushirganimiz qishloq yoshlariga bayram sovg‘asi bo‘ldi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, 90 yigit-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
3 328






Все о погоде - Pogoda.uz