Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 17:39 Chop etish versiyasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportga

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportga Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Sovot agroeksport-A” mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan.

–Mamlakatimizda meva-sabzavot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini yanada kengaytirmoqda, – deydi jamiyat rahbari Abdurasul Alimardonov. – Tasarrufimizdagi 275 gektar yerda ayni paytda qizil loviya, mosh, kartoshka, karam parvarishlanmoqda. “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasining viloyat vakilligi eksportni amalga oshirish bo‘yicha xorijdan hamkorlar topish, ular bilan shartnoma tuzish ishlariga ko‘maklashmoqda.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
2 559






Все о погоде - Pogoda.uz