O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilni mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilishi munosabati bilan “Qishloq qurilish bank” yangi – “Muloqot” va “Manfaat” omonat turlarini joriy qildi.

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2009-yil 6-apreldagi “Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, bank omonatlari tarkibidagi muddatli va jamg‘armali omonatlar salmog‘ini oshirish maqsadida bir qator yangi omonat turlarini joriy etdi.

Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligi munosabati bilan milliy valyutada “Qomus” muddatli omonati joriy etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilni mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilishi munosabati bilan “Qishloq qurilish bank” yangi – “Muloqot” va “Manfaat” omonat turlarini ham joriy qildi.

Muloqot” omonatiga milliy valyutada 6 oy muddatga, “Manfaat” omonatiga 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va ushbu omonatlarga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.

E’tiborga molik yana bir jihati, bank tomonidan 8-yanvar – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan “Huquq himoyachisi” , 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyachisi”, 25-yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan “Orzular parvozi” nomli milliy valyutadagi yangi omonat turlari ham joriy qilindi.

“Huquq himoyachisi” omonatiga 6 oy, 9 oy, 12 oy muddatga, “Vatan himoyachisi” omonatiga 1 oy, 3 oy, 6 oy muddatga, “Orzular parvozi” omonatiga 12 oy va 24 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi. Hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.

“Qishloq qurilish bank” joriy etgan yana bir omonat turi “Fortuna” deb nomlanib, mazkur omonatga 6 oy va 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha to‘lab beriladi.

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2017-yil 1-yanvar holatiga 39 ta omonat turiga mablag‘lar jalb qilinmoqda va bankning jami omonatchilari soni 77 ming 627 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 220,181 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.

Bank tomonidan chakana xizmatlar bozoridagi faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bank faoliyatiga ishonchini yanada mustahkamlash choralari ko‘rib kelinmoqda. Qonun bilan kafolatlangan bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi doimiy nazoratda. Omonat hisobvaraqlari, depozit sertifikatlari bo‘yicha olinadigan daromad va yutuqlar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan, ularning to‘liq hajmda qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlangan.

Depozitlar bo‘yicha operatsiyalar bank siri sifatida tasniflanib, unga qat’iy rioya qilinishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan. Omonatlarga qo‘yilgan mablag‘lar belgilangan muddatlarda omonatchilarning birinchi talabi bilan qaytarib beriladi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99871) 150-72-58, 150-39-93
Sayt: www.qqb.uz 

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank” yangi omonatlarni taklif qiladi