Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘z mijozlariga yangi – “Depozit Banking” mobil xizmatini taklif qilmoqda. 

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘z mijozlariga yangi – “Depozit Banking” mobil xizmatini taklif qilmoqda. Endilikda mazkur mobil dastur yordamida bank omonatchilari depozit hisob raqamlaridagi mablag‘lar doirasida naqdsiz amaliyotlarni bank muassasasiga kelmasdan, shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarish, o‘z omonatlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi.

Mijozlar maxsus login va parol bilan ta’minlangandan so‘ng “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida quyidagi amallarni bajarishi mumkin:

- Omonatlarga hisoblangan foizlarni chiqim qilish;
- Muddati to‘lgan omonatlarni to‘liq yoki qisman qayta rasmiylashtirish. Agar mijoz omonatini qisman rasmiylashtirmoqchi bo‘lsa, oradagi farq summa uning talab qilib olinguncha hisob raqamiga avtomatik tarzda o‘tadi;
- Omonatni naqdsiz yopish;
- Omonatni muddatidan oldin naqdsiz yopish.

Omonatlarni yopishda yoki ularga hisoblangan foizlarni chiqim qilishda omonat va unga hisoblangan foiz summalari avtomatik ravishda hisoblanadi. Hisoblangan summalarni jismoniy va yuridik shaxslarning hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yoki “Qishloq qurilish bank” jismoniy shaxslarga emissiya qilgan plastik kartalarga o‘tkazib berish mumkin.

Mijozlar “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida omonat shartlari va omonat hisobvaraqlari aylanmasi bo‘yicha ma’lumotlarni ham olishi mumkin.

Bundan tashqari, “Depozit Banking” mobil dasturi yordamida mijozlar o‘zlarining omonatlari muddati tugagani to‘g‘risida SMS-xabarnoma oladi.

“Qishloq qurilish bank” chakana xizmatlar bozoridagi faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bank faoliyatiga ishonchini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozir bankning jamg‘arma kassalarida omonatchilar bilan amaliyotlar bajarilishi, omonatchi bilan bank o‘rtasida tuziladigan omonat shartnomalari, kirim va chiqim orderlari avtomatlashtirilgan tizim orqali chop etilishi, omonatchilarga omonat mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradigan “sms-omonat” xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu omonatchilarning vaqtini tejash bilan birga ularga sifatli va qulay bank xizmatlari ko‘rsatilishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bank tizimida fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish, omonatlar bilan bog‘liq operatsiyalar mijozlarning ishtirokisiz amalga oshirilmasligini qat’iy nazoratga olish maqsadida shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalanish – “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi joriy qilinmoqda.

“Biometrik identifikatsiyalash” texnologiyasining afzalligi shundaki, omonat hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni omonat egasining bevosita ishtirokisiz amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi va omonat mablag‘lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta’minlanadi.

“Qishloq qurilish bank” mijozlarning talablaridan kelib chiqib aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘rsatish orqali mamlakatimiz bank-moliya sektorida izchil amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlaridagi o‘z ishtirokini yanada faollashtirishga intilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+998 71) 150-72-58, 150-39-93
Sayt: www.qqb.uz

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank” “Depozit Banking” mobil xizmatini joriy qildi