Bugungi kunda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari “Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, jumladan, real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar sifatini oshirish va yangi zamonaviy xizmatlarni joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Masofaviy bank xizmatlari ulardan foydalanadigan mijozlarning huquqiy maqomiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan masofaviy bank xizmatlariga tavsiflanishi mumkin. Hozirda yuridik shaxslarga “Korporativ internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi zamonaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

“Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:

– bank muassasasiga kelmagan holda to‘lovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish;

– mijozga zarur bo‘lgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni qulay shaklda (htms, xls) chiqarish hamda chop etish;

– ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar – sana, valyutalar kursi, bank amaliyot kuni va tizimi ma’lumotlarini onlayn kuzatib borish;

– to‘lov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, to‘lovlarni tezkor ravishda bajarish.

“Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanish uchun mijozlar bank bilan shartnoma rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘z shaxsiy komputeriga maxsus dastur o‘rnatib olish va “i-key” xavfsizlik kalitlariga ega bo‘lishi kifoya. Bankning amaldagi tariflariga muvofiq, “Korporativ internet-banking” xizmatiga ulanish hamda “i-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish – bepul.

Yana bir yangilik: bank tizimida “Korporativ internet-banking” xizmati uchun oylik abonent to‘lovlari 10 foizga pasaytirildi va 2018-yil 12-fevraldan eng kam ish haqining 20 foizini tashkil etadi.

Ayni vaqtda ATB “Qishloq qurilish bank”ning “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2 ming 998 nafarni tashkil etmoqda.

“Internet banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar uchun o‘z vaqtlarini tejash va mablag‘larni tezkor tasarruf etishda qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, banklar uchun mijozlar sonini ko‘paytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkoniyati yaratilmoqda.

Zamonaviy va qulay xizmatlardan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

(+99871) 150-39-93, 150-72-55, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank”dan masofaviy bank xizmatlari