Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani iqtisod qiluvchi texnologiyalarni tatbiq etishga ko‘maklashish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalarining O‘zbekistondagi koordinatori, Markaziy Osiyo qayta tiklanadigan energiya manbalari mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar, fermer xo‘jaliklari va mahalliy hokimlik vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, ushbu yo‘nalishdagi milliy bozor va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, jumladan, muqobil energetikani yanada rivojlantirish, boy tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, muqobil energiya manbalarini qo‘llash sohasida ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimiz muqobil energiya sohasida ulkan salohiyatga ega. Noan’anaviy resurslar, jumladan, quyosh energiyasidan keng foydalanishga yo‘naltirilgan zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirilmoqda.

– Muqobil energiya manbalaridan foydalanish iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir, – deydi O‘zbekiston Ekologik harakati guruhi koordinatori I.Xushvaqtov. – Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy quyosh batareyalaridan olinadigan energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotir. Deyarli yil davomida oftob charaqlab turadigan yurtimizda qayta tiklanadigan bu energiya manbalari aholiga juda katta qulaylik tug‘diradi.Elektr energiyasidan tejab foydalanishda yangi texnologiyalarni joriy etish, quyosh, shamol va biologik chiqindilardan energiya olish elektr energiyasiga ketadigan sarf-xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini bermoqda.

Mamlakatimizda 20 dan ortiq quyosh qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritayotir. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan “Eko-energiya” ilmiy-tatbiqiy markazi ham bu borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz bo‘yicha umumiy quvvati 9,4 Kvt. bo‘lgan 19 fotoelektr stansiya o‘rnatilib, ishga tushirildi. Yil yakuniga qadar yana 4 stansiyani foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbirda muqobil energiya manbalarini joriy qilish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini o‘rgatish bilan bog‘liq tajriba loyihalarini amalga oshirish masalasi yuzasidan fikr almashildi, takliflar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qayta tiklanadigan energiya manbalari – tejamkorlik omili