Mamlakatimizda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi “2017-yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

G‘o‘za baravj o‘sishi uchun yoz oylarida oqar suvga ehtiyoj har doimgidan ikki hissa oshadi. Fermer xo‘jaliklariga g‘o‘za bilan bir qatorda takroriy ekinlar uchun ham obi hayot yetkazib berildi. Bu imkoniyatdan unumli foydalangan xo‘jaliklar ayni paytda yetishtirilgan hosil va undan keladigan daromadni hisoblash bilan band.

Ana shunday omilkor dehqonlardan biri Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi “Abdimo‘min Sardor” fermer xo‘jaligi rahbari Laziz Abdiyevdir. Xo‘jalik a’zolari joriy yilda 30 gektar g‘alladan bo‘shagan maydonning 25 gektarida mosh, karam, sabzi, sholg‘om, tarvuz, bodring kabi sabzavot va poliz ekinlari yetishtirib, mo‘l hosil olmoqda.

– 30 gektarda yetishtirilgan bug‘doydan 55-60 sentnerdan hosil oldik, – deydi L.Abdiyev. – 40 sentnerdan davlatga topshirdek, ortgani o‘zimizda qoldi. G‘alladan bo‘shagan maydonda qisqa fursatda agrotexnik tadbirlar o‘tkazib, 20 gektarga mosh, 1,5 gektarga karam, 1 gektarga tarvuz, 2 gektarga sabzi-sholg‘om va 50 sotix joyga bodring ekdik. Bodring va tarvuzni yig‘ishtirib oldik. Daromadi yomon emas. Mosh ham tayyor bo‘ldi. Hosil cho‘g‘i yaxshi.

Joriy yilda Qashqadaryo viloyatida g‘alladan bo‘shagan maydonlarning 60 ming 47 gektariga 16 turdagi takroriy ekin ekilib, ulardan 356 ming 493 tonna hosil olish mo‘ljallanmoqda. Hosilning 6 ming 490 tonnasini zaxiraga olish, 143 ming 385 tonnasini ichki bozorga, 110 ming 102 tonnasini eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi fermer xo‘jaliklari yerlarida sabzi, karam, pomidor, sholg‘om, turp, bodring, qalampir, baqlajon, osh lavlagi, kartoshka kabi sabzavotlar, qovun-tarvuz, shuningdek, kungaboqar, mosh, loviya, soya, kunjut, tariq kabi dukkakli hamda ozuqabop ekinlar baravj o‘sib, mo‘l hosil bermoqda.

– Avvallari takroriy ekin sifatida faqat chorva uchun ozuqabop ekinlar ekardik, – deydi Qarshi tumanidagi “Xudoyberdi Chamani” fermer xo‘jaligi rahbari Matyoqub Karimov. – Bu yil 5 gektar maydonga “Turon” navli mosh ekdik. Boshida sifatli urug‘, ekish texnikalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lsak-da, ishlarimizni yo‘lga qo‘yib oldik. Agrotexnik tadbirlarni vaqtida, sifatli bajardik. Mosh deganlari atigi 45 kunda ikki suv bilan tayyor bo‘lar ekan. Ayni paytda hosilni yig‘ib olmoqdamiz. Nasib etsa, keyingi yilda bundan ham ko‘p maydonga mosh ekamiz.

Muxtasar aytganda, takroriy ekin fermerning o‘zi uchun ham, a’zolari uchun ham qo‘shimcha daromad degani. Eng muhimi, bozorlarimiz mo‘l-ko‘l, dasturxonimiz yanada to‘kin bo‘ladi. Ortiqchasini eksportga chiqarish orqali olinadigan valyuta tushumi esa iqtisodiyotimiz mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 60 ming gektardan ziyod maydonda 16 turdagi takroriy ekin yetishtirilmoqda